00:05 / 10.06.2022
1 711

Nikaragua prezidenti Rossiya harbiylarining gumanitar maqsadlarda mamlakatga kirishiga ruxsat berdi

Nikaragua prezidenti Rossiya harbiylarining gumanitar maqsadlarda mamlakatga kirishiga ruxsat berdi
Foto: «RIA Novosti»
Nikaragua prezidenti Daniel Ortega xorijiy qurolli kuchlar, jumladan, Rossiya armiyasining ham respublikaga kirishiga ruxsat beruvchi farmonning amal qilish muddatini uzaytirdi. Ammo bu faqat gumanitar maqsadlar uchun amal qiladi.

Chet ellik harbiy xizmatchilarning Nikaraguada bo‘lishiga favqulodda holatlarda vaqtinchalik ruxsat beriladi. Xususan, ular gumanitar o‘quv mashg‘ulotlarida, odamlarni qidirish va qutqarishda, shuningdek, dengizdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish mashqlarida qatnashishi mumkin.

«Xorijiy harbiylar, kemalar va samolyotlarning mamlakatga gumanitar maqsadlarda kirishiga ruxsat beriladi. Markaziy Amerika qurolli kuchlari konferensiyasiga kirgan mamlakatlarning (Gvatemala, Salvador, Gonduras, Dominikan Respublikasi) hamda AQSH, Rossiya, Meksika, Venesuela, Kubaning harbiy kemalari va samolyotlari favqulodda vaziyatlarda o‘zaro manfaatlar, almashinuv va gumanitar yordam uchun mamlakat hududida tranzit o‘tishi va to‘xtashiga ruxsat beriladi», — deya Nikaragua hukumati hujjatidan parcha keltirgan La Gaceta gazetasi.

Ruxsat shu yilning oxirigacha uzaytirilgan. Bu har yili Nikaragua Vazirlar Mahkamasi tomonidan boshlanadigan standart protseduradir. Mamlakat hududida xorijiy harbiy kontingentning bo‘lishiga Nikaragua konstitutsiyasining qoidalari ruxsat beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nikaragua prezidenti Rossiya harbiylarining gumanitar maqsadlarda mamlakatga kirishiga ruxsat berdi