
Emerson College ta’lim tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning 2024 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonish imkoniyati hozirgi davlat rahbari Jo Baydennikidan yuqoriroq ekani taxmin qilinmoqda.
So‘rov ma’lumotlarini The Hill nashri e’lon qildi. So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 44 foizi Trampga ovoz bergan bo‘lsa, 39 foizi Baydenni afzal ko‘rgan.
Saylovchilarning yana 12 foizi boshqa nomzodga ovoz berishni rejalashtirganini aytadi. E’tiborlisi, Trampni qo‘llab-quvvatlash foizi may oyidagi so‘nggi so‘rovdan beri o‘zgarmagan. Bayden bir vaqtning o‘zida 3 foiz imkoniyatni yo‘qotgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil noyabrda kechgan prezidentlik saylovlarida Jo Bayden Trampni dog‘da qoldirib, ASHQning 46-rahbariga aylangandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar