Foto: SWNS/RUSSIAN DEFENCE MINISTRY
O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» hukumati yana ikki britaniyalik - Dilan Hili va Endryu Hillga yollanib jang qilish bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bungacha «DXR» sudi shunday ayblov bilan mahkamaga tortilgan britaniyaliklar Shon Pinner va Eyden Aslin, shuningdek Marokash fuqarosi Saadun Ibrohimni o‘lim jazosiga mahkum etgandi.
Hili va Hillga nisbatan «DXR» JKning 430-moddasi («Yollanish») bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Hozirda britaniyalik asirlar «DXR»dagi tergov izolatorlaridan birida tutib turilibdi.
22 yoshli Dilan Hili aprel oyida Zaporijjyadagi nazorat o‘tkazuv punktida qo‘lga olingan, u o‘shanda ukrain oilasini harbiy harakatlar hududidan olib chiqishga harakat qilgandi. Urushdan aziyat chekayotgan Ukraina aholisiga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi Presidium Network nodavlat tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, u gumanitar faoliyat bilan shug‘ullangan va mahalliy aholi vakillariga ko‘ngilli sifatida yordam ko‘rsatgan.
35 yoshli Endryu Hillni ham o‘sha oyda Mikolayiv oblasti hududida qo‘lga olishgan.
Rossiyaning TASS davlat agentligiga ko‘ra, Dilan Hili Mariupol ishg‘ol qilinishi chog‘ida Ilich nomidagi kombinat hududida, Hill esa - Mikolayiv oblastida qo‘lga olingan.
«Ular bilan tergov harakatlari olib borilmoqda, uning davomida tergovchilar britaniyaliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha dalillarni olishi kerak bo‘ladi, chunki ular ko‘rsatma berish va ularga nisbatan ochilgan jinoiy ish doirasida hamkorlik qilishni istashmaydi», degan TASS agentligi bilan suhbatda «DXR» hukumatidagi manba.
Avvalroq, iyun oyida o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» Oliy sudi britaniyalik Shon Pinner va Eyden Aslin, shuningdek Marokash fuqarosi Saadun Ibrohimni yollanma jangchilar sifatida harbiy harakatlarda ishtirok etish, zo‘rlik bilan hokimiyatni egallab olishga urinish, shuningdek terrorchilik maqsadlarida o‘quv kurslaridan o‘tishda aybdor deb topib, o‘lim jazosiga hukm qilgandi.
Payshanba kuni Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiyaga Pinner va Aslinga chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etilmasligini (avvalroq Saadun Ibrohim bo‘yicha ham) ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi, ammo Rossiya bundan buyon ushbu sud qarorlarini bajarmasligini ma’lum qildi.
Endilikda legitimligi jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan «DXR» sudi Hill va Hiliga nisbatan shu kabi ayblovlar e’lon qilgan.
Dilan Hili va Endryu Hill haqida nimalar ma’lum?
Dilan Hili qo‘lga olingani haqida aprel oyida Presidium Network gumanitar tashkiloti xabar qilgandi. BBC bilan intervyuda tashkilot vakili Dominik Birn Hili va yana bir britaniyalik, 45 yoshli Pol Yuri ko‘ngillilar sifatida ishlagani, mahalliy aholiga yordam ko‘rsatayotgan chog‘ida Zaporijjya oblastida rossiyalik harbiylar qo‘liga tushganini aytgandi. Hili va Yuri Presidium Network tashkilotidan mustaqil holda ishlagan, ammo u bilan yaqindan hamkorlik qilgan.
Presidium Network ma’lumotiga ko‘ra, Hili va Yuri qo‘lga olingan vaqtda mashinada shahardan janubdagi qishloqdan ukrain oilasini olib chiqayotgan bo‘lgan.
Birnning so‘zlariga ko‘ra, Hili - kasbi bo‘yicha oshpaz bo‘lgan. U Kembrij yaqinidagi Hantington shahrida yashagan. Presidium Network tashkiloti uning oilasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Britaniya hukumati va Qizil xoch jamiyati ham Hilining holatini aniqlashga harakat qilmoqda.
Birnning qayd etishicha, Hili Ukraina qurolli kuchlariga ham, xalqaro legionga ham aloqador bo‘lmagan, mamlakatga faqat tinch aholi vakillariga yordam ko‘rsatish maqsadida kelgan.
Endryu Hill esa 29 aprel kuni Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan tarqatilgan videoda ko‘rinish bergan, Rossiya tomoni u britaniyalik ekani, Ukraina janubi-g‘arbidagi Mikolayiv oblasti hududida rossiyalik harbiylarga asir tushganini ma’lum qilgan.
Videoda ma’yus holatdagi harbiy forma kiygan kishi o‘zini Endryu Hill deb ataydi va Buyuk Britaniyaning Plimut shahridan ekanini aytadi. Videoda uning bir qo‘li gipslangani va tibbiy yordam so‘rayotgani aks etgan.
«DXR»da britaniyalik Dilan Hili va Endryu Hillga nisbatan e’lon qilingan ayblovlarga munosabat bildirar ekan, Britaniya tashqi ishlar vazirligi asirlardan siyosiy maqsadlarda foydalanilishini qat’iy qoralagan.
«Biz ularning ishi bo‘yicha Ukraina hukumati bilan doimiy aloqa o‘rnatganmiz va Ukrainaning ularni ozod etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz», deyilgan vazirlik xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin