Chempionlar ligasida shiddatli tun: 2-turda gollar yomg‘iri kuzatildi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turnida «Barselona»
- Istanbulda «Galatasaroy»ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarildi.
- «Arsenal» o‘z uyida «Lill»ni 3:0 hisobida yengib, ochkolarini 6 taga yetkazdi, «Manchester Yunayted» esa Madridda «Atletiko»ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
- Milanda «Inter» «Bryugge»ga 3:4 hisobida yutqazdi, Myunxenning «Bavariya» klubi esa Norvegiyada «Viking» bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Yevropa Chempionlar Ligasida 2-turning markaziy uchrashuvlari kutilmagan natijalar va shiddatli qarama-qarshiliklarga boy bo‘ldi. Kataloniyaning «Barselona» klubi Istanbul safarida yirik g‘alabaga erishib, to‘plar nisbatiga ko‘ra musobaqa jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Londonning «Arsenal» klubi ham o‘z uyida ishonchli g‘alaba bilan ochkolarini 6 taga yetkazdi.
Angliyaning yana bir grandi «Manchester Yunayted» Madridda ojiz qolgan bo‘lsa, Milanda haqiqiy gollar shousi kuzatildi va «Inter» o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi. Myunxenning «Bavariya» klubi esa Norvegiya safarida dramatik tarzda durang qayd etdi.
«Barselona» Istanbulda «Galatasaroy»ni tor-mor etdi
«Galatasaroy» dastlab hisobda oldinga chiqib olganiga qaramay, kataloniyaliklar ikkinchi bo‘limda o‘yin tizginini to‘liq o‘z qo‘llariga oldi:
Hisob: «Galatasaroy» — «Barselona» 1:4;
Gollar: Batrakov 28 — Kanselu 43, Fermin Lopes 50, Gordon 53, Adeyemi 65;
«Galatasaroy» tarkibi: Chaqir, Yakobs, Sanches, Elmal, Akgyun (Sane, 58), Lemina, Torreyra, Batrakov (Sara, 58), Leau, Yilmaz (Sallai, 67), Osimhen;
«Barselona» tarkibi: Joan Garsiya, Kubarsi, Erik Garsiya (Kunde, 73), Kanselu, Jerar Martin, Rodri, Fermin Lopes (Gavi, 82), Pedri (Bernal, 74), Olmo (Jezus, 59), Gordon (Adeyemi, 59), Yamal;
Jadvaldagi holat: «Barselona» 6 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarildi, «Galatasaroy» esa hamon ochkosiz (34-o‘rin).
«Atletiko» «Manchester Yunayted»ga hech qanday imkon qoldirmadi
Madriddagi «Metropolitano» stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar tezkor gol evaziga ustunlikni qo‘lga kiritdi:
Hisob: «Atletiko» — «Manchester Yunayted» 2:0;
Gollar: Barrios 1, Lukman 79;
Chetlatish: Leni Yoro («MYU», 75-daqiqa);
«Atletiko» tarkibi: Oblak, Lorente, Hansko, Romero, Grimaldo, Kardozo, Barrios (Pubil, 60), Li Kan In (Devid, 61), Baena (Lukman, 71), Simeone (Le Norman, 88), Alvares (Yulman, 71);
«Manchester Yunayted» tarkibi: Lammens, Yoro, Heven (Maguayr, 80), Martines, Dalot, Baleba (Mount, 66), Santos, Tilemans (Zirkzeye, 66), Fernandesh (Kunya, 80), Reshford (Diallo, 66), Mbeumo.
«Arsenal» «Lill» darvozasiga 7 daqiqada 3 ta gol urdi
Mikel Arteta shogirdlari ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida raqib himoyasini batamom chilparchin qilib, yirik g‘alabani rasmiylashtirdi:
Hisob: «Arsenal» — «Lill» 3:0;
Gollar: Timber 64, Eze 67, Saka 71;
«Arsenal» tarkibi: Rayya, Timber (Uayt, 78), Konsa, Gabriel, Lyuis-Ckelli, Gimaraes, Rays, Merino (Edegor, 65), Eze (Douman, 85), Madueke (Saka, 65), Dyokeresh (Xavers, 65);
«Lill» tarkibi: Ozer, Goffi, Aleksandro, Ngoy, Perro (Verdonk, 78), Andre, Bentaleb, Mukau, Bakva, Haraldsson, Ueda (Jiru, 78);
London klubi 6 ochko bilan 3-pog‘onani band etdi.
Milanda 7 ta gol va Norvegiyadagi 3:3 dramasi
Kunning qolgan qarama-qarshiliklari ham muxlislarga haqiqiy shiddat taqdim etdi:
«Inter» — «Bryugge» 3:4: Italiya vitse-chempioni kutilmaganda o‘z uyida Belgiya klubiga mag‘lub bo‘ldi. Mehmonlar safida Tresoldi het-trik qayd etdi (30, 63, 74), Vermant esa 87-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi. Mezbonlardan Lautaro Martines (44, 81) dublga erishdi, Bonni (90+3) farqni qisqartirdi;
«Viking» — «Bavariya» 3:3: Norvegiyada kechgan trillerda Haugen 90-daqiqada mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. «Bavariya» safida Garri Keyn dubl (54 penalti, 60) qayd etdi, Luis Dias (71) ham to‘p kiritdi, biroq Olise 74-daqiqada maydondan chetlatildi;
«Vilyarreal» — «Napoli» 3:1: Ispaniya klubi italiyaliklarni ishonchli yengdi. Gollar: Mikautadze 23, Mourino 26, Oluvaseyi 86 — Rahmani 8;
«Leypsig» — «PSV» 1:0: Nemis klubi Grudaning 75-daqiqadagi yagona aniq zarbasi evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.































Izohlar 0
…