Abu Dhabi Distribution Company (ADDC) kompaniyasi BAA poytaxti Abu-Dabida suv va elektr energiya uchun yangi narx-navolar belgiladi. Narxlar iqtisodiyotning turli sektorlari va oddiy foydalanuvchilar uchun 6 foizdan 350 foizgacha oshdi.
ADDC narxlarning o‘sishi haqida dekabr oyida ma’lum qilganiga qaramasdan, BAAda yashovchi xorijliklar suvning 168 foizga, elektr energiyasi esa 40 foizga qimmatlashib ketganiga hayron bo‘lishmoq. Bundan tashqari, ADDC suv va elektr iste’moli uchun cheklovlar ham o‘rnatdi. Agar cheklovlardan ortiqcha suv yoki elektr ishlatilsa, unda ularning narxlari avtomatik ravishda 2-4 marotaba oshadi.
Avvallari suv uchun umuman haq to‘lamagan BAA aholisi uchun suv endilikda bepul bo‘lmaydi: ular uchun bir litr suv narxi 1,7 dirham qilib belgilangan. Mahalliy aholi uchun elektr energiyaning narxi avvalgidek, ya’ni bir kilovatti uchun 5 filzligicha qoldirilgan, biroq aga u me’yoridan ortiq ishlatilsa, unda 5,5 filzdan to‘lash kerak bo‘ladi. Xorijliklar esa, bunday vaziyatda bir kilovatt elektr uchun 31,8 filz to‘lashga majbur.
Ma’lumot uchun, BAAda bir kishi kuniga o‘rtacha 550 litr suv ishlatadi, suv uchun kunduzgi limit esa 700 litr qilib belgilangan. Limitdan ko‘p suv iste’mol qilgan BAA fuqarolari bir litr suv uchun 1,89 dirham, xorijliklar esa 9,9 dirham to‘lashlari kerak bo‘ladi.
ADDC Abu-Dabidagi davlat muassasalarini ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Davlat muassasalarida suv narxi 2,2 dirhamdan 9,9 dirhamgacha, ya’ni 350 foizga oshib ketgan. Tijorat korxonalariga suv uchun narx 81 foizga, ya’ni 2,2 dirhamdan 4 dirhamgacha oshgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya tomoni Donald Trampning g‘alabasiga izoh berdi
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi
Erdo‘g‘on turkiy alifboga o‘tishga tayyor davlatlarni aytdi
Qirg‘iziston Isroilni xalqaro huquqqa rioya etishga chaqirdi
Daniyalik siyosatchi musulmonlarni haqorat qilgani uchun qamoqqa hukm qilindi
Tramp saylovda yutganini e’lon qildi: “Urushlarni to‘xtatmoqchiman”
Elit Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” Qatar jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda