
Shimoliy Koreya «DXR» mustaqilligini tan oldi. Bu haqda ushbu hududiy tuzilmaning rahbari Denis Pushilin bayonot bergan.
«KXDR davlatimiz mustaqilligini tan oldi. Mamlakatimizning dunyo arenasidagi mavqei mustahkamlanmoqda», — deya yozgan u.
Shimoliy Koreyaning o‘zi esa tan olish faktini hali rasman tasdiqlamagan.
Shimoliy Koreyaning Rossiyadagi elchixonasi Donetsk elchisi Olga Makeyeva bilan tushgan suratni ulashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, shimolliklar elchisi Makeyevaga «DXR»ni tan olish bo‘yicha qarorni topshirgan.
Avvalroq, Suriya ham shunday qaror qabul qilgandi. Bunga javoban Ukraina Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar