07:00 / 15.07.2022
1 983

Geosiyosiy xavf: Ukrainadagi urush Arktikani qanday o‘zgartirmoqda

Geosiyosiy xavf: Ukrainadagi urush Arktikani qanday o‘zgartirmoqda
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatidagi sovuq shamollar Arktikaga yetib keldi. The Economist nashri urush Arktikani qanday o‘zgartirayotganini tahlil qildi.

29 iyun kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi Norvegiya Arktika arxipelagiga kiruvchi Svalbardga yo‘naltirilgan Rossiya tovarlariga to‘siq qo‘ygan sanksiyalari uchun «javob choralariga» duch kelishini aytdi.

Svalbard Norvegiyaning bir qismidir, ammo 1920 yildagi shartnoma Rossiyaga tabiiy resurslaridan foydalanish huquqini beradi va u yerdagi ko‘plab aholi punktlarida ruslar yashaydi.

Bu nizodan oldin ham, Arktika kuchlari bosqinchilik uchun to‘qnash kelishgan. 3 mart kuni, urush boshlanganidan bir hafta o‘tib, mintaqaning asosiy hukumatlararo tashkiloti bo‘lmish Arktika kengashining sakkiz doimiy a’zosidan yetti nafari – amaldagi rais Rossiyani taqiqlab qo‘ydi.

Ular urush munosabati bilan bo‘lajak uchrashuvlarni boykot qilishlarini aytdi. Kengash uzoq vaqt davomida mintaqani tinch va hamkorlikka asoslangan deb ko‘rsatishga intilgan.

1996 yildagi Ottava deklaratsiyasida kengash «harbiy xavfsizlik» bilan shug‘ullanmasligi kerakligi aytilgan. Ammo urush G‘arbni imzolagan davlatlarni (Amerika, Kanada, Daniya, Finlyandiya, Islandiya, Norvegiya va Shvetsiya) uzoq shimolda Rossiyaga qarshi qo‘ydi.

Bu Arktikaga qanday ta’sir qiladi?
Iqlim o‘zgarishi xavflarni oshirmoqda. Arktika global o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3-4 baravar tezroq isimoqda. 2020 yilda dengiz muzining minimal qoplami 1981—2010 yillardagi o‘rtacha minimal ko‘rsatkichdan deyarli 2,6 kvadrat kilometrga kichikroq bo‘ldi.

Ekologik oqibatlardan tashqari geosiyosiy oqibatlar ham bor. Qutbli dengiz yo‘llari yanada qulayroq bo‘lib bormoqda. Tabiiy resurslardan yana yangidan foydalanish mumkin, buning ortidan shimoliy chegaralar tobora zaiflashmoqda.

Mintaqadan tashqaridagi davlatlar e’tiborini shimolga qaratgan. Xitoy «qutb ipak yo‘li»ni qurish rejalariga ega. Mamlakat Arktika infratuzilmasi va uning aktivlariga 90 mlrd dollardan ortiq sarmoya kiritib ulgurdi.

Ukrainadagi urush e’tiborni Rossiyaning uzoq shimoldagi harbiy tahdidiga qaratdi.

Arktika doirasidagi Barents dengizidagi port bo‘lgan Severomorsk mamlakat shimoliy flotining asosiy bazasi bo‘lib, yadroviy suv osti kemalarini o‘z ichiga oladi.

Remilitarizatsiya urushdan oldin boshlangan edi, chunki Rossiyaning tabiiy qutb mudofaasidagi muzlar eriy boshlagan. So‘nggi olti yil ichida Rossiya o‘zining shimoliy chegarasida kamida 475 ta harbiy ob’ekt qurgan.

Arktikada urush boshlanishi qiyin masala. Ammo u kengroq mojaroga olib kelishi mumkin.

Tahdidga quloq solgan NATO ham e’tiborini shimolga qaratdi. Mart oyida Norvegiya NATOning o‘ttiz yildan ortiq vaqtdan beri Arktikadagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlariga mezbonlik qildi.

Amerika Alyaskadagi qurolli kuchlarini yangilashni ko‘rib chiqmoqda. Finlyandiya va Shvetsiya ittifoqqa qo‘shilsa, Rossiyadan tashqari barcha Arktika davlatlari NATO a’zosi bo‘ladi.

G‘arb va rus olimlarining mintaqadagi hamkorligi buzildi. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha tadqiqotlarning aksariyati to‘xtab qolgan.

Biznes hamkorliklari ham yomonlashdi. Rossiya Arktikadagi neft va gazga katta sarmoya kiritib, 2020 yilda yangi loyihalar uchun 300 mlrd dollar rag‘bat e’lon qilgan edi. Biroq G‘arb kompaniyalari, jumladan, BP, ExxonMobil va Shell ham bu loyihadan voz kechmoqda.

Foto: Bloomberg
Italiya Shimoliy Sibirda Arctic LNG 2 qazib olish loyihasi uchun 21 mlrd dollarlik moliyalashtirishni muzlatib qo‘ydi. Bu Xitoy kapitaliga yo‘l ochadi. Xitoy allaqachon Arktikadan xom ashyo qazib olish uchun pul o‘tkazmoqda.

U Rossiya bilan Sibir Arktikasidagi Yamal konlaridan, mamlakatlar o‘rtasida qurilishi kerak bo‘lgan «Sibir quvvati 2» quvuri orqali gaz import qilish bo‘yicha 30 yillik shartnomaga ega.

Davlatga tegishli Xitoy milliy neft korporatsiyasi Yamal LNG gaz qazib olish loyihasida 20 foiz ulushga ega. Boshqa davlat kompaniyalari ham Arctic LNG 2 ga sarmoya kiritgan.

Rossiya esa G‘arb firmalari o‘rniga Arktika suyultirilgan gaz tankerlari va boshqa jihozlarni qurishda tobora ko‘proq Xitoy texnologiyasiga tayanmoqda.

Rossiya Xitoyning mintaqadagi qiziqishidan ehtiyot bo‘lib, u yerda o‘zini ustun deb bilishga urinmoqda. Xitoyning Arktika hududi yo‘q, ammo uning ta’siri kuchayib borayotgani kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi.

Norvegiya 2023 yilda Arktika kengashiga raislik qiladi va G‘arb davlatlari Rossiyasiz faoliyat olib borish yoki bormaslikni hal qilishlari kerak.

Yangi Arktika, xuddi yangi dunyo tartibiga o‘xshab, NATO a’zolarini Xitoy va Rossiyaga qarshi qo‘yadigan ko‘rinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Geosiyosiy xavf: Ukrainadagi urush Arktikani qanday o‘zgartirmoqda