2 114
Ukrainada urushning 143-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Vinnitsa markaziga hujum oqibatlari (foto)
16 iyul kuni Vinnitsadagi shifoxonada shaharga berilgan raketa zarbasi vaqtida og‘ir jarohatlangan ayol vafot etdi; hujum qurbonlari soni 24 kishini tashkil etmoqda.
«DXR» rasmiylari Ukraina Donetsk, Horlivka va Dokuchayevskni o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Donetskda to‘rt kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi yaralangan.
Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining Chuguyiv shahri va Dnepropetrovsk oblastining Nikopol (qurbonlar va yaralanganlar bor) shaharlariga ham raketa zarbalari yo‘llagan. Odessa o‘qqa tutilishi oqibatida omborxonalarga o‘t ketgan.
Quyida 16 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlarni ko‘rishingiz mumkin.
Odessa
Odessaga qanotli raketalar kelib tushishi oqibatida kuchli yong‘inlar kelib chiqdi. «Gromadsk»ning xabar qilishicha, omborxonalar joylashgan 10 ming kvadrat metr hududni olov qamrab olgan. 30 yoshli erkak jarohatlangan.
Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi
Qutqaruvchilar Odessadagi yong‘in hududida ishlamoqda. Olov olti soat ichida o‘chirilgan.
Kostyantin і Vlada Lіberovi
Dnipro
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari rossiyaliklar raketa zarbasidan hosil bo‘lgan o‘rani ko‘zdan kechirmoqda. 15 iyul kuni Rossiya qo‘shini Dniproni raketalar bilan o‘qqa tutdi, uch kishi halok bo‘lgan, 15 kishi yaralangan. Rossiya tomoniga ko‘ra, hujum nishoni raketalar ishlab chiqariladigan zavod bo‘lgan. Ukraina tomoniga ko‘ra, turar joy binolari, shuningdek maktab va bilim yurti binolari shikastlangan.
Dniproga raketa zarbasidan keyin ko‘chada turgan ona va bola. Bu oila rossiyalik harbiylar tomonidan ishg‘ol etilgan Severodonetskdan qochib kelgan. Foto: Mykola Miakshykov / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Xarkiv oblasti
Chuguyiv o‘qqa tutilishi oqibatida vayron bo‘lgan maktab binosi oldidagi o‘qituvchi. Shahar front chizig‘idan taxminan olti kilometr masofada joylashgan. Navbatdagi hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lib, uch kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Chuguyivlik yigit uy vayronalari orasidan yarador do‘stining hujjatlarini izlamoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Chuguyivdagi uy xarobalari ostidagi oilaviy fotosurat. Shahar o‘qqa tutilishi oqibatida ko‘p qavatli uy vayron bo‘lgan, maktab va qurilish materiallari do‘koni shikastlangan. Foto: Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Vincenzo Circosta / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Slovyanskdagi bolalar uyi binosi birinchi qavatining rossiyaliklar zarbasidan keyingi ko‘rinishi. 16 iyul kuni RF mudofaasini boshqarish milliy markazi boshlig‘i Mixail Mizinsev «millatchi tuzilmalar jangarilari» «Parus Nadejda» nomli bolalar uyini kazarma va tayanch punktiga aylantirib, tarbiyachi va bolalarni go‘yoki «jonli qalqon sifatida» ushlab turganini aytdi.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Baxmut aholisi vakillari Rossiya raketa zarbasidan vayron bo‘lgan bozor oldida. Luhansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday rossiyaliklar 16 iyul kuni Lisichansk-Baxmut trassasini egallash uchun navbatdagi urinishni amalga oshirgan, «hayot yo‘li» deb ataladigan bu trassa olinsa, Baxmut shturmini boshlash mumkin bo‘ladi. Ammo uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar hamon Luhansk oblasti chegaralariga chiqa olmadi.
Pokrovsklik ayol raketa zarbasi chog‘ida o‘zining yarador itining ko‘zi va qulog‘ini yopmoqda. Pokrovsk rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar va yaradorlar bor, 16 turar joy binosiga shikast yetgan. Foto: Nariman El-Mofty / AP / Scanpix / LETA
Front chizig‘i yaqinida yonayotgan avtomashina
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy samolyoti Donetsk oblasti uzra parvoz qilmoqda
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vinnitsa
Vinnitsa markaziga yo‘llangan raketa zarbasi oqibatlari.
Reuters / Scanpix / LETA
14 iyul kuni raketa va oskolkalar Ofitserlar uyi, tibbiy markaz, ofislar binosi, do‘konlar va atrofdagi o‘nlab uylarni shikastlagan. Hujum oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan, ulardan uch nafari — bolalar. RF mudofaa vazirligi 15 iyul kuni hujum maqsadi bo‘lgan Ofitserlar uyida bu vaqtda go‘yoki ukrain qo‘mondonligi va «xorijdan qurol yetkazib beruvchilar uchrashuvi» o‘tayotgan bo‘lganini aytgan. Ofitserlar uyi sovetlar davridan buyon konsert zali sifatida xizmat qilgan, hujum kuni bu yerda xayriya konserti o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
14 iyul kungi raketa zarbalari kelib tushgan joy yaqinidagi avtoturargohda bo‘lgan mashinada qon izlari.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Tibbiy xodim Vinnitsa o‘qqa tutilishi vaqtida yaralangan tinch aholi vakiliga yordam ko‘rsatmoqda.
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Vinnitsalik Rina Volkova shifoxonaning kuyish bo‘limida. Vinnitsa markaziga rossiyaliklarning uchta raketasi kelib tushganida, Volkova klinikada bo‘lgan. Shahar o‘qqa tutilishi oqibatida 24 kishi halok bo‘lib, 100 dan ortiq kishi yaralandi.
Ed Ram / ZUMA Press Wire Service / Scanpix / LETA
Ukrain politsiyachisi rossiyaliklar raketa zarbasi kelib tushgan joyda barpo etilgan memorialga bolalar uchun o‘yinchoqlar keltirmoqda. 15 iyul kunidan bu yerga vinnitsaliklar o‘yinchoqlar va gullar olib kela boshlashdi. Raketa zarbasi oqibatida uch bola halok bo‘lgan, to‘rt bola jarohatlangan. Foto: Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin