11:12 / 18.07.2022
1 388

Zelenskiy bolalikdagi do‘stini UXX rahbari lavozimidan chetlatdi, bosh prokurorni ham...

Zelenskiy bolalikdagi do‘stini UXX rahbari lavozimidan chetlatdi, bosh prokurorni ham...
Foto: Twitter
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tegishli farmonlar bilan Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) rahbari Ivan Bakanov va bosh prokuror Irina Venediktovani lavozimidan chetlatdi.

Bakanov Ukraina Qurolli kuchlari intizom nizomining 47-moddasiga asosan ishdan bo‘shatilgan — mazkur modda xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagani, bu insonlarning halok bo‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgani uchun lavozimidan chetlatishni nazarda tutadi. Venediktova esa «Harbiy holatning huquqiy rejimi to‘g‘risida»gi qonunning prezidentga mansabdor shaxslarni lavozimidan olish huquqini beruvchi 11-moddasiga asosan ishdan bo‘shatildi.

Vladimir Zelenskiy o‘z videomurojaatida Ukrainada prokuratura, tergovchilar va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan davlatga xiyonat va «kollaboratsiya faoliyati» moddalari bo‘yicha 651 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilganidan so‘ng UXX rahbari va bosh prokurorni lavozimidan chetlatganini aytdi.

Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Aleksey Simonenko bosh prokuror vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. UXXga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar berilmagan.

Ivan Bakanov — Vladimir Zelenskiyning bolalikdagi do‘sti. U 2019 yilning avgust oyidan buyon UXX rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi. Iyun oyida Politico manbalarga tayanib, Ukraina prezidenti urush paytida Xersonni boy bergani uchun UXX rahbarini almashtirmoqchi ekanini xabar qilgandi.

Irina Venediktova — Ukraina tarixidagi birinchi ayol bosh prokuror edi. U ushbu lavozimda 2020 yilning mart oyidan beri ishlab kelayotgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy bolalikdagi do‘stini UXX rahbari lavozimidan chetlatdi, bosh prokurorni ham...