18:21 / 19.07.2022
1 279

Zelenskiy Ukrainaning 5 ta viloyatida UXX boshqarmasi boshliqlarini almashtirdi

Zelenskiy Ukrainaning 5 ta viloyatida UXX boshqarmasi boshliqlarini almashtirdi
Foto: UXX
Ukraina prezident Vladimir Zelenskiyning veb-saytida e’lon qilingan farmonlarga ko‘ra, mamlakatning besh viloyatida Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) boshqarmasi boshliqlari almashtirildi.

Gap Xarkov, Sumi, Poltava, Karpatorti va Dneprbo‘yi viloyatlari haqida ketmoqda. Ushbu viloyatlarda UXXning hududiy rahbarlari etib, mos ravishda Aleksandr Kus, Eduard Fedorov, Ivan Rudnitskiy, Yevgeniy Borzilov va Sergey Lisak tayinlandi.

Qayd etilishicha, ulardan ba’zilari avval Ukrainaning boshqa viloyatlarida ham xuddi shu lavozimlarni egallab kelgan. Lisak Jitomir viloyatida, Rudnitskiy Karpatorti viloyatida, Borzilov Poltava viloyatida ishlagan.

Prezident, shuningdek, Dneprbo‘yi va Sumi viloyatlaridagi UXX boshqarmasi boshliqlari — Vladimir Krestyanskiy va Ruslan Grigorenkoni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Vladimir Gorbenko boshqarma raisi o‘rinbosari lavozimidan ham chetlashtirildi.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Ivan Bakanovni o‘z lavozimidan chetlatgan edi. U o‘z qarorini UXX rahbari va Rossiya maxsus xizmatlari o‘rtasidagi aloqalar bilan izohladi. 19 iyul kuni Oliy Rada Bakanovni ishdan olish uchun ovoz berdi.

UXX rahbari vazifasini bajaruvchi etib Vasiliy Malyuk tayinlandi.

Prezident UXXda kadrlar tekshiruvi o‘tkazilayotganini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, 28 nafar mansabdor shaxsni ishdan bo‘shatish masalasi hal qilinmoqda. «Turli yo‘nalishlarda turli darajadagi xodimlar. Lekin sabablar bir xil – ishning qoniqarsiz natijalari», — deya tushuntirdi Zelenskiy.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukrainaning 5 ta viloyatida UXX boshqarmasi boshliqlarini almashtirdi