
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahriga keldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Aeroportda uni Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – prezident Administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ertaga Cho‘lponotada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Sammitda savdo, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar