09:22 / 18.09.2022
1 270

Lukashenko: «Belarusliklar o‘z milliy chegaralarini himoya qilishga qodir»

Lukashenko: «Belarusliklar o‘z milliy chegaralarini himoya qilishga qodir»
Foto: «RIA Novosti»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun belarusliklar o‘z milliy chegaralarini himoya qilish va saqlashga qodir ekanini aytdi. Bu haqda prezident Milliy birlik kuniga bag‘ishlangan forumda so‘zlagan nutqida gapirib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi geosiyosiy jarayonda belaruslar o‘zlarining milliy jipsligi va XXI asrning geosiyosiy tahdidlariga birlashgan front bilan javob berishga tayyorligini bir necha bor isbotlashlari kerak bo‘ladi. «Bir narsa o‘zgarmasdir: biz o‘z zaminimizda yashaymiz. Bu — bizning o‘sha qadim zamonlardan qolgan yerimiz. Biz bu yerni hech kimga bermaymiz», — dedi Lukashenko.

U belaruslarni tarixiy saboqlarni yodda tutishga chaqirdi, agar respublika aholisi o‘zlari yashayotgan yerni qadrlasa, suverenitetni saqlasa, u holda mamlakat yaxlitligiga tashqi kuchlar raxna sola olmaydi.

Ma’lumot uchun, Belarusda ikkinchi marta Milliy birlik kuni nishonlanmoqda. 2021 yil iyun oyida Belarus prezidenti 17 sentabrni Milliy birlik kunini milliy bayram sifatida belgilash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo