11:25 / 23.02.2015
12 459

Tilla tishlar qozog‘istonliklarning xorijga chiqishlarida muammo tug‘dirishi mumkin

Tilla tishlar qozog‘istonliklarning xorijga chiqishlarida muammo tug‘dirishi mumkin

Tilla tishlari bo‘lgan qozog‘istonliklar xorijga chiqishda muammoga duch kelishlari mumkin, deb xabar berdi “Megapolis” nashri.

Ayni paytda Qozog‘istondan oltin saqlovchi xom ashyolarni chetga olib chiqish taqiqlangan. Bu taqiqlov 2015 yilning oxirigacha amalda bo‘ladi hamda muddati uzaytirilishi mumkin. Gazetaning yozishicha, oltin saqlovchi xoma ashyo keng tushunchaga ega. “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, xom ashyo mahsuloti deganda nafaqat ruda, balki lom va qimmatbaho metallar chiqitlari ham tushuniladi.

Ya’ni bunday taqiqlangan buyumlar ro‘yxatiga tilladan tayyorlangan stomatolik koronkalar, zargarlik buyumlari, elektron texnika detallari, mikrosxemalar va transiztorlar kirishi mumkin. Agar qozog‘istonliklar xorijga ushbu buyumlar bilan chiqmoqchi bo‘lsalar, ko‘rinishicha, unda ular qimmatbaho metallarni noqonuniy olib chiqib ketayotganlikda ayblanib, jarima tortilishlari mumkin.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tilla tishlar qozog‘istonliklarning xorijga chiqishlarida muammo tug‘dirishi mumkin