
Foto: Shutterstock
Maxsus tribunalning asosiy vazifasi Rossiyani Ukrainaga qarshi tajovuzkorlik jinoyati bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish bo‘ladi, deya ma’lum qildi Estoniya, Latviya va Litva tashqi ishlar vazirlari.
Estoniya, Latviya va Litva Yevropa ittifoqini xalqaro hamkorlar bilan birgalikda Ukrainaga Rossiyani harbiy bosqinchilik jinoyati uchun javobgarlikka tortish uchun maxsus tribunal yaratishda yordam berishga chaqirdi. Bu haqda 16 oktabr, yakshanba kuni Litva TIV saytida chop etilgan uch davlat tashqi ishlar vazirlarining qo‘shma bayonotida aytiladi.
«Biz barchamiz himoya qilmoqchi bo‘lgan qoidalarga asoslangan xalqaro tartib, agar uni eng qo‘pol ravishda buzadigan harakatlar – genotsid, urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va tajovuz jinoyatlari jazosiz bo‘lsa, omon qololmaydi», deyiladi hujjatda.
Vazirlar qayd etishlaricha, Yevropa ittifoqi Ukraina va boshqa bir qator davlatlar, shuningdek, Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan olib borilayotgan tergovlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi kerak, chunki ular dalillar to‘plash, Ukrainada sodir etilgan urush jinoyatlari, genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlarni aniqlash va jazolashda muhim rol o‘ynaydi.
«Maxsus tribunalning tashkil etilishi XJS rolini to‘ldiradi. XJS harbiy jinoyatlar, genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun shaxslarni ta’qib etar ekan, maxsus tribunalning asosiy mas’uliyati Rossiyaning bosqinchilik jinoyati uchun oliy siyosiy va harbiy rahbariyatni javobgarlikka tortishdan iborat bo‘ladi», - deb hisoblaydi TIV rahbarlari. Ular «qonli bosqinning asosiy qo‘zg‘atuvchilari va tashkilotchilari javobgarlikdan qochib qutulmasligi kerak»ni ta’kidladilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar