date
views 1 133

Rossiya va Ukraina yana o‘zaro asir almashdi (video)

Rossiya va Ukraina yana o‘zaro asir almashdi (video)
Donetsk xalq respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin Ukraina bilan almashinuv yakunlangani haqida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni Kiyev nazorati ostidagi hududdan 110 kishi qaytarilgan, 108 kishi Ukraina tomoniga o‘tkazilgan.

Almashinuv tugallandi. Biz 110 kishini oldik, 108 kishini berdik. Ikki ayol Ukrainaga borishdan bosh tortdi va Rossiyada qolishga qaror qildi”, - deb yozdi Pushilin Telegram kanalida.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ham dushanba kuni Kiyev nazorati ostidagi hudud bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 110 nafar Rossiya fuqarosi, shu jumladan, joriy yilning fevral oyidan beri Kiyev rejimi tomonidan ushlab turilgan fuqarolik kemalaridan 72 nafar rossiyalik dengizchi qaytarilgani haqida xabar berdi. RF Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 108 nafar ayol harbiy xizmatchi Ukraina tomoniga topshirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Ukraina yana o‘zaro asir almashdi (video)