
Foto: Telegram
Rossiyaning Belgorod viloyati chegarasidagi Shebekino shahri o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov.
Rus OAV halok bo‘lganlarning biri o‘rta yoshli erkak va yani biri 16 yoshli o‘smir ekani haqida yozmoqda. Dastlab gubernator besh nafar tinch aholining yaralanganini aytgandi. Keyinroq, uning aniqlashtirishicha, hodisa sabab 11 kishi yaralangan, ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir.

Foto: Telegram
Bundan tashqari, Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, Shebekinoning o‘qqa tutilishi oqibatida deyarli 15 ming kishi elektr energiyasidan uzilgan. «Oqibatlarni bartaraf etish va elektrga qayta ulanish uchun besh-olti soat kerak bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Foto: Telegram
Shebekinoda qanday ob’ektlar o‘qqa tutilgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Avvalroq gubernator gap «fuqarolik ob’ektlari» haqida ketayotganini aytgandi. «Dojd» nashriga ko‘ra, zarba shahar bozoriga kelib tushgan.

Foto: Telegram
Ma’lumot uchun, viloyat urush boshlanganidan beri o‘qqa tutib kelinmoqda. So‘nggi haftalarda zarbalar soni ko‘paygan. Viloyatda energetika ob’ektlari, aloqa va uy-joy kommunal xo‘jaligini muhofaza qilish chora-tadbirlari kuchaytirilishini ham viloyat hokimi ma’lum qilgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) October 22, 2022
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) October 22, 2022
U Belgorod va chegara hududlaridagi tadbirkorlarga moslashuvchan jadval joriy etishni va xodimlarni masofaviy ishlashga o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni tavsiya qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar