
Foto: Tourexpi.com
Yangi Zelandiyaning maoirilar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mamlakat nomini o‘zgartirish bo‘yicha ushbu xalqning petitsiyasini o‘rganadi.
Maorilar mamlakatning rasmiy — Yangi Zelandiya nomini maorilar tilidagi Aotearoaga o‘zgartirishni talab qilishyapti.
Petitsiyaga Yangi Zelandiyaning 70 ming aholisi imzo qo‘ygan. Ma’lumot uchun: mamlakatda 5 milliondan ortiq odam yashaydi.
«Aotearoa»ning ma’nosi — «Uzun oq bulut mamlakati».
Maorilar — Yangi Zelandiyaning tubjoy aholisi.
Ma’lumot uchun: Okean bag‘rida joylashgan hozirgi Yangi Zelandiya zaminiga birinchi bo‘lib qadam qo‘ygan ilk yevropalik — mashhur golland dengizchisi Abel Tasman. U Janubiy Amerika janubidagi Olovli yer arxipelagidagi orolning bir qismi deb o‘ylab, bu yerni «Staten Landt» deb nomlagan. 1645 yilda golland kartograflari nomni lotincha Nova Zeelandia (Niderlandiyadagi Zelandiya viloyati sharafiga) va gollandcha Nieuw Zeelandga o‘zgartirishgan.
Keyinchalik yana bir mashhur dengizchi, britaniyalik Jeyms Kuk o‘z qo‘lyozmalarida ushbu nomning inglizchasini ishlatgan — New Zealand. Shu tariqa mamlakatning rasmiy nomi yuzaga kelgan. Mamlakat nomi (masalan, Nyu-York shahridan farqli ravishda) turli tillarda tarjimasi bilan ishlatiladi: Yangi Zelandiya, Novaya Zelandiya va hokazo.

Abel Tasman o‘ylagan joy salkam 8 ming kilometr olisda joylashgandi...

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar