10:43 / 30.10.2022
3 691

Qodirov tanqid qilgan Rossiya Qahramoni qo‘mondonlikdan chetlatildi

Qodirov tanqid qilgan Rossiya Qahramoni qo‘mondonlikdan chetlatildi
Ukrainadagi Markaziy kuchlar guruhi qo‘mondoni general Lapin iste’foga chiqqani e’lon qilindi.

RBK va The Moscow Times manbalariga tayanib xabar berishicha, general-polkovnik Aleksandr Lapin Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari markazi guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatilgan.

Aleksandr Lapin 2017 yilda Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni bo‘lgandi. U Ukrainada boshqargan «Markaz» qo‘shinlari guruhi Lugansk viloyatini egallagandi.

Yozda prezident Vladimir Putin Lapinga Rossiya Qahramoni unvonini bergandi.

Ramzan Qodirov so‘nggi bir oy ichida Lapinni ikki marta tanqid qilgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo