23:30 / 13.11.2022
1 301

Istanbul markazida portlash sodir boʻldi, qurbonlar bor (video)

Istanbul markazida portlash sodir boʻldi, qurbonlar bor (video)
Foto: CNN Turk
Turkiyaning Istanbul shahrida sayyohlar orasida mashhur boʻlgan Istiqlol koʻchasida portlash sodir boʻldi. Istanbul gubernatori Ali Erliqoya Istiqlol koʻchasidagi portlash oqibatida qurbonlar borligini ma'lum qildi. U tafsilotlarni keltirmagan.

«Bugun soat 16.20 atrofida Istiqlol koʻchasida portlash roʻy berdi. Voqea joyiga xavfsizlik xizmatlari, shifokorlar, oʻt oʻchirish xizmati va avariya-qutqaruv xizmatlari yoʻllangan. Qurbonlar va yaralanganlar bor. Voqealar rivoji jamoatchilikka ma'lum qilib boriladi», deya yozgan u.

Mahalliy OAVda dastlab kamida toʻrt kishi halok boʻlgani, 36 kishi yaralangani xabar qilindi.

Keyinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan qurbonlar soni 6 nafarligi, 53 kishi yaralanganini ma'lum qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, portlovchi qurilmani xudkush terrorchi harakatga keltirgan. Istanbul prokuraturasi hodisani terrorchilik akti sifatida baholadi.

«Olingan ma'lumotlarga koʻra, gap terakt haqida ketmoqda, bu xudkush terrorchi boʻlishi mumkin; shuningdek portlovchi qurilmalar oʻrnatilgan sumka haqida aytishmoqda», deya xabar beradi CNN Turk muxbiri Fulya Oʻzturk.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolarda portlash vaqtida koʻcha odamlar bilan gavjum boʻlganini koʻrish mumkin.

Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi hodisa yuzasidan munosabat bildiri, hozirga qadar hodisa oqibatida jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari mavjudligi haqida ma'lumot yoʻqligini ma'lum qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo