
Sharlotsvilda joylashgan Virjiniya universiteti kampusida sodir bo‘lgan otishmada uch kishi halok bo‘lib, ikki kishi yaralangan. Gumonlanuvchi voqea joyidan qochib ketgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi Kristofer Darnel Jons ismli yigit. Universitet ma’muriyatining ma’lum qilishicha, u maktab o‘quvchisi.
«Otishmada uch kishi halok bo‘lgani, yana ikki kishi yaralangani va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani haqida xabar berib yuragim ezilib ketdi», — deya universitet prezidenti Jim Rayanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The New York Times.
Qayd etilishicha, hujumchi 13 noyabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 22:30da o‘t ochgan.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda AQSH maktablari hududida kamida 68 ta otishma sodir bo‘lgan, ularning 15 tasi kollejlar kampuslarida va har bir holatda kamida bir kishi halok bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar