23:51 / 24.11.2022
1 210

Zelenskiy BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida nutq so‘zladi

Zelenskiy BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida nutq so‘zladi
Ukraina Xavfsizlik Kengashiga energiya terrorining har qanday shaklini qoralovchi rezolyutsiya qabul qilishni taklif qilmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Ukrainaga raketa zarbasi bergani sababli chaqirilgan BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishida nutq so‘zladi. U yig‘ilish ishtirokchilarini Ukraina tinchlik formulasini qo‘llab-quvvatlashga va Rossiya agressiyasini qoralashga chaqirdi.

Zelenskiy o‘z nutqida ta’kidlaganidek, Ukraina Xavfsizlik Kengashiga energiya terrorining har qanday shaklini qoralovchi rezolyutsiya qabul qilishni taklif qilmoqda.

«Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomini qo‘llab-quvvatlovchi barchaning munosabati zarur. Ukraina, Yevropa va bu agressiya oqibatlaridan jabr ko‘rayotgan barcha xalqlar xavfsizligini zudlik ta’minlash kerak», — dedi Zelenskiy.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya dunyoga terror, beqarorlik va dezinformatsiyadan boshqa narsani taklif qilmayapti. Shu bois u Ukraina tinchlik formulasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

«Terrorchi davlat vakili endi sizga nima deyishi mumkin? Tinch aholi o‘z raketalaridan aziyat chekmaydimi? Hammasi aniq. Insoniyat va hayotni himoya qilish yo‘lida aniq qadamlar tashlashga chaqiraman! Xavfsizlik Kengashi BMT Nizomining 7-bo‘limiga muvofiq terrorchi davlatning harakatlariga aniq baho berishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo