08:57 / 07.12.2022
2 764

Belarusda Rossiya qo‘shinlari ko‘paymoqda. Ukrainaga shimoldan ham front ochilishi mumkin(mi?)

Belarusda Rossiya qo‘shinlari ko‘paymoqda. Ukrainaga shimoldan ham front ochilishi mumkin(mi?)
Tez orada Belorussiya hududidagi Rossiya qo‘shinlarining umumiy soni 20-22 ming harbiy xizmatchiga yetishi mumkin, deya yozib qoldirgan xarbiy ekspert Konstantin Mashoves.

Hozir bu ko‘rsatkich 10,5 ming harbiy xizmatchini tashkil etadi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-Belarus qo‘shma “jangovar tayyorgarlik markazlari”dagi jangchilar soni intensiv ko‘paytirilmoqda, bu yerda ham Rossiya, ham Belarus qo‘shinlarining faol jangovar tayyorgarligi jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

Mashoves, shuningdek, jangovar kuchining intensiv harakati qurol va harbiy texnikani uzatish tezligidan sezilarli darajada yuqori tezlikda ketayotganini ta’kidlagan. Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, bu faol harbiy harakatlarni joylashtirish uchun yetarli emas.

3 dekabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Aleksandr Lukashenko va Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Belarusga kelgani xabar qilingan edi. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, ham belarus, ham rossiyalik “ittifoq davlati himoyachilari” bo‘linmalarning birgalikdagi mashg‘ulotlaridan so‘ng har qanday tajovuzdan himoyalanishga qodir bo‘ladi.

«Novaya gazeta» Rossiya qo‘mondonligining Ukraina hududi va uning chegaralari bo‘ylab zarba berish uchun Belarusda katta miqdordagi qo‘shinlarni to‘playotgani haqida xabar bergan. Rossiya harbiylaridan birining so‘zlariga ko‘ra, dekabr oyi o‘rtalariga qadar bu yerga safarbar qilingan shaxslar yuboriladi va bu yerdagi mashg‘ulotlardan so‘ng 300 mingdan ortiq kishi hujumga tayyor bo‘ladi.

"Ba’zi joylarda barcha jihoz va texnikalar ruslarga topshirildi. Belarusliklar oziq-ovqat ta’minoti bilan shug‘ullanmoqda. Dala lagerlari tashkil etilmoqda”, — degan nashr manbasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum dekabr oyiga, «tuproq muzlab, qotib qolganda» rejalashtirilgan. Shu bilan birga, RF Qurolli Kuchlari Baxmut orqali Slavyansk va Kramatorskgacha borishga harakat qiladi.

Nashr suhbatdoshi Belarusdan hujum rejasini o‘z joniga qasd qilish deb ataydi: Ukraina hududi chegaradan ko‘p kilometr ichkarigacha minalangan, yo‘llar buzib tashlangan, o‘rmonlar va botqoqlar, barcha yo‘nalishlar Ukraina artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutiladi.

«Biz minglab qurbonlar beramiz. Chegara bo‘ylab jiddiy istehkomlar qurilgan, eni uch metrli tankga qarshi chuqurlar qazilgan. Barcha yo‘nalishlar Ukraina artilleriyasi tomonidan nishonga olingan. Biz Kiyevga yoki Kovelga yetib borolmaymiz. Bu reja Putinga navbatdagi blitskrig sifatida tiqishtirilayotgani aniq», - deya hisoblaydi rossiyalik harbiy.

Moskvaning Belarusda yetarli miqdordagi qo‘shinni yig‘ib olish, keyin esa Lutsk, Lvov va Ukrainaning g‘arbiy chegaralari yaqinidagi hududlarni egallash rejalari haqida gaplar yozdan beri qo‘shinlar orasida aylanib yuribdi. Gazetaning qayd etishicha, bu mish-mishlar Kiyevga navbatdagi zarba, prezident Zelenskiyning taslim bo‘lishi va urushning tugashi haqidagi so‘zlar bilan birga “o‘ralgan” holda kelmoqda.

Belarus rahbariyatining o‘zi, Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga o‘z harbiylarini yuborishga domangir emas. Juda bo‘lmaganda, Aleksandr Lukashenko va Mudofaa vaziri Viktor Xrenin chegaralardagi provokatsiyalar va rus harbiylarini mamlakatda qoldirish uchun NATOning potensial tajovuzidan himoyalanish zarurligi haqida bayonotlar berishi mumkin. ISW Belarusning Rossiyaning Ukraina bilan urushiga kirishi juda dargumon ekanligini ta’kidlamoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo