19:06 / 07.12.2022
1 505

Lavrov: «Agar jiddiy taklif kelib tushsa, Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyor»

Lavrov: «Agar jiddiy taklif kelib tushsa, Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyor»
Foto: EPA
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «jiddiy takliflar» kelib tushsa va Rossiya talablari e’tiborga olinsa, Moskva Ukrainadagi nizoni hal qilish uchun muzokaralarda qatnashishga tayyorligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonida «yaxshi niyat doim yetarli» bo‘lgan.

«Agar hozir bizning mutlaqo qonuniy bo‘lgan talablarimiz bajarilgani holda, bu nizoni qanday to‘xtatish haqida jiddiy taklif bo‘lsa, albatta, biz gaplashishga tayyor bo‘lamiz», — dedi Lavrov.

Vazirning aytishicha, G‘arb mamlakatlarining Rossiya ustidan tribunal bo‘yicha va Ukrainaga reparatsiyalar bo‘yicha tashabbuslari noqonuniydir. «Bunday turdagi birorta ham qaror hech qanday yuridik kuchga ega emas, ammo u yuridik jihatdan arzimas bo‘lib, na Rossiyaga va na boshqa qaysidir mamlakatga cheklovlar qo‘ya oladi. Bu shunchaki BMT Bosh assambleyasi, uning obro‘si va funksiyalarining obro‘sizlantirilishidir», — dedi u.

Lavrov aniqlik kiritishicha, BMT ustaviga muvofiq, tribunal yaratish bo‘yicha yoki Rossiya aktivlari hisobidan reparatsiyalar bo‘yicha qarorlar faqat Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilinishi mmukin. Bosh assamleya bunday qarorlarni qabul qilish uchun vakolatga ega emas, dedi u.

Rossiya tashqi ishlar vaziri, shuningdek, G‘arb «hali ham Rossiyani jang maydonida mag‘lub etish umidida ekani»ni aytdi.

So‘nggi vaqtlarda Rossiya hukumati tomonidan Ukraina bilan muzokaralar olib borishga tayyorligi haqidagi bayonotlar ko‘p marta yangradi. Bunday bayonotlarni Ukraina tomoni ham bermoqda. Noyabr o‘rtalarida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini qayta boshlash uchun o‘nta shartni ma’lum qilgandi. Ular orasida Rossiya qo‘shinlarining olib ketilishi va Ukraina hududiy yaxlitligining qayta tiklanishi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov: «Agar jiddiy taklif kelib tushsa, Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyor»