
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ukrainaning Rossiya armiyasi nazoratida qolayotgan Melitopol shahrida «Renault Duster» avtomobili portlatib yuborildi. Qator manbalar mashina ichida Rossiya FXX (FSB) xodimlari bo‘lganini yozmoqda.
Melotopol qonuniy meri Ivan Fedorov o‘z Telegram-kanalida portlatib yuborilgan mashina ichida «rus bosqinchilari bo‘lganini» yozdi. Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashenkoning yozishicha, portlash Gorkiy xiyoboni oldida sodir bo‘lgan.
«Jabrlanganlarning shaxsi aniq emas, ular FXX xodimlari yoki bosqinchi hukumat vakillari bo‘lishi mumkin», deb yozadi Gerashenko.
Rossiyalik harbiy blogerlar ham portlatilgan mashina ichida FSB xodimlari bo‘lgani haqida yozmoqda. Ularning o‘lgani yoki tirikligi haqida ma’lumot yo‘q. Ba’zi manbalar mashina ichidagi bir kishining tanasi parchalanib ketganini yozgan.
Avvalroq Rossiya Melitopolda ko‘cha janglariga tayyorlanayotgani, shahar ko‘chalarida beton to‘siqlar ko‘paygani haqida yozilgandi. Ukraina bu shaharni qaytarib olish uchun harakatlarni davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar