07:56 / 29.12.2022
1 234

Yerning Oy bilan qanday «bekinmachoq» o‘ynashi namoyish qilindi (video)

Yerning Oy bilan qanday «bekinmachoq» o‘ynashi namoyish qilindi (video)
Foto: Videodan kadr
AQSH kosmik agentligi (NASA) Yerning Oy bilan «bekinmachoq» o‘ynayotgani aks etgan videoni taqdim etdi. Bu haqda Inverse xabar berdi.

Jarayonni Orion kosmik kemasi 26 kunlik missiyasi doirasida suratga olgan. Artemis 1 missiyasi 2022 yilning 11 dekabrida yakunlanganiga qaramay, NASA Yer va Oyning koinotdagi ko‘rinishlari bilan bo‘lishmoqda. Orion kosmik kemasi tomonidan olingan suratlar asosida yaratilgan yangi video bunga misol bo‘ladi.

Unda Yerning Oy orqasiga qanday o‘tgani va yana paydo bo‘lgani ko‘rsatilgan. Videodagi jismlarning harakati ularning fazodagi real tezligiga nisbatan 900 marta tezlashtirilgan. Bundan tashqari, Yer ham, Oy ham bir oz tebranayotganini sezish mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo