
AQSH Turkiyaning rasmiy hujjatlardagi nomini Türkiye deb o‘zgartirish haqidagi iltimosini qabul qildi.
AQSH Tashqi ishlar vazirligi endi barcha rasmiy hujjatlarda an’anaviy inglizcha Turkey nomi o‘rniga Türkiye so‘zini ishlatadi. Turkiya nomi turkchada shunday talaffuz qilinadi. Turkey so‘zi inglizchada «kurka»ni anglatishi tufayli, Turkiyani norozi qilib kelayotgan edi.
«Turkiya elchixonasi rasmiy hujjatlarimizda ushbu imlodan foydalanishimizni so‘ragan edi, buni tasdiqlay olaman», dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays.
Turkiya bir necha yillardan buyon o‘z imiji va mahsulotlarini jahon bozorida faol ravishda targ‘ib qilib, mamlakatning brend sifatida maksimal darajada tan olinishiga erishmoqda.
2022 yil iyun oyida BMT ham Turkiyaning barcha rasmiy hujjatlardagi respublika nomini turkiy fonetik me’yorlarga muvofiq yozilishi uchun xorijiy tillarda o‘zgartirish bo‘yicha rasmiy so‘rovini qondirgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar