date
views 546

Ramzan Qodirov armiyada soqolga qarshi bo‘lganlarni frontning oldingi chizig‘iga yuborishni taklif qildi

Ramzan Qodirov armiyada soqolga qarshi bo‘lganlarni frontning oldingi chizig‘iga yuborishni taklif qildi
Foto: AP Photo
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodinga armiyada soqol qo‘yishni taqiqlovchi tarafdorlarni frontga jo‘natish iltimosi bilan murojaat qildi. Tegishli bayonot uning Telegram kanalida e’lon qilindi.

Qodirovning bayonotiga Rossiya Davlat dumasi Mudofaa qo‘mitasi a’zosi, general-leytenant Viktor Sobolevning armiyada soqol va shaxsiy planshetlar taqiqlangani haqida gapirgani sabab bo‘lgan. U armiyada barchasi tartibda bo‘lishi kerakligi, bu harbiy intizomning elementar talabi ekanini aytgan. Checheniston rahbari mazkur bayonotga o‘z munosabatini bildirgan.

«Sobolev kim soqol qo‘yishini va nima uchun oldingi saflarda turishini juda yaxshi biladi. Har qanday sababga ko‘ra jangchilarni tanlashni to‘xtating. Nizomga muvofiqligini tekshirishni xohlaysizmi? Bemalol. Hurmatli Vyacheslav Viktorovich (Davlat dumasi spikeri), soqolsiz qo‘riqchilarni frontning oldingi chizig‘iga yuboring», — deydi u.

Qodirov «soqollilar» o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajargani, shuningdek, Mariupol, Severodonetsk, Lisichansk va boshqa shaharlar uchun janglarda qatnashganini aytdi. U Sobolev nizomni qayta o‘qib chiqishi uchun «ko‘p bo‘sh vaqti» borligini qo‘shimcha qildi.

Ukrainada «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganidan beri Chechenistondan 21 mingdan ortiq jangchi jangovar harakatlarda qatnashdi.

«Hozirgi paytda 9 mingdan ortiq harbiy xizmatchilarimiz frontda. Ularning har biri barcha zarur kiyim-kechak va qurol-yarog‘lar bilan ta’minlangan, bu esa samarali jang qilish imkonini beradi», — degan Qodirov.

Shuningdek, u agar Yevropa va NATO mamlakatlarini xalqaro hamjamiyat va Ukrainadagi nizo ishtirokchilari deb hisoblasak, bo‘layotgan voqealarni uchinchi jahon urushi deb atash mumkinligini ta’kidlagan. Qodirov Chechenistondan 300 nafar OMON jangchilari urush zonasiga jo‘nab ketganini ma’lum qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov armiyada soqolga qarshi bo‘lganlarni frontning oldingi chizig‘iga yuborishni taklif qildi