503
Ukrainada urushning 334-kuni: Kupyansk mudofaasidagi jangchilar va Baxmut uchun kechayotgan janglar (foto)

Ukrainada urushning 334-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar
Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining 23 yanvar tongidagi hisobotida Rossiya qo‘shinlari kamida Baxmutga olib keluvchi yo‘llar ustidan nazorat o‘rnatishga yaqin ekani bilvosita tasdiqlandi. Kechqurungi svodkada rossiyaliklarning Baxmut yo‘nalishidagi yurishlari haqida tilga olmagan.
Dmitriy Peskov Putinning safarbarlik to‘g‘risidagi farmoyishi amalda ekani, chunki u armiyaga chaqiriqdan tashqari «boshqa tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi»ni ma’lum qildi.
Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok mamlakat uchinchi davlatga Leopard 2 tanklarini Ukrainaga yuborishiga qarshilik qilmasligini bildirdi. Polsha shunday qadam tashlashga tayyorligini ma’lum qilgan.
Rossiya Ukrainaga harbiy yordam jo‘natayotgan Estoniya bilan diplomatik munosabatlar darajasini pasaytirdi — Estoniya ham shunday javob qaytardi, Latviya qo‘shnisini qo‘llab-quvvatladi — endi bu mamlakatlarda Rossiya elchisi bo‘lmaydi (faqat ishonchli vakil ishlashi mumkin).
Volodimir Zelenskiy mamlakat boshqaruv tizimida keng ko‘lamli kadr almashtirishlar amalga oshirilishini anons qildi. Birinchi bo‘lib prezident ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko iste’foga chiqqan.
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tomonidan Ukraina bilan urush uchun yollangan 40 ming mahbuslarning bir qismi halok bo‘lgan, bir qismi yaralangan, bir qismi asirlikka tushgan yoki dezertirlik qilgan. Bu ma’lumotlar «Rus sidyashaya» fondi rahbari Olga Romanova tomonidan keltirildi. Uning baholariga ko‘ra, qamoqxonalarda jami 50 ming mahbus yollangan, shundan faqat 10 minggi ayni vaqtda frontda jang qilmoqda.
Istilo ostidagi Severodonetsk
Severodonetsk — Luhanskdan taxminan 90 kilometr masofada joylashgan va 2014 yildan buyon Luhansk oblastining Ukraina nazoratida qolgan qismining vaqtincha ma’muriy markazi hisoblanardi — bu shahar o‘tgan yil 25 iyulida Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olindi.
Severodonetsk otishmalar va janglar oqibatida jiddiy shikastlandi: legitim hukumatning 2022 yil oxiridagi ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda turar joy binolarining 90 foizi shikastlangan, issiqlik ta’minoti yo‘q, tok deyarli yonmaydi, kanalizatsiya ishlamaydi. Shu bilan birga Severodonetskda sakkiz mingga yaqin tinch aholi vakillari yashashda davom etmoqda. Ular okkupatsiya ostida qanday kun kechirmoqda — quyida shaharda sentyabr oyidan buyon olingan ilk kadrlar.

Severodonetsk aholisi vakili yangi deraza romlari olib ketmoqda
AFP / Scanpix / LETA

Mahalliy aholi vakili o‘z kvartirasi derazasini tuzatmoqda
AFP / Scanpix / LETA

Severodonetskda otishmalardan shikastlangan butxona oldidan o‘tayotgan ayol
AFP / Scanpix / LETA
Baxmut uchun jang
Rossiya qo‘shinlari Donetsk oblastining Baxmut shahriga yurish qilishda davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi 23 yanvar tongidagi svodkasida rossiyalik harbiylar kamida shaharga olib keluvchi yo‘llar ustidan nazoratni qo‘lga kiritishga yaqin ekanini bilvosita tasdiqlagan. Ammo, AQSH ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Baxmutni egallash uchun harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.
Xususan, Urushlarni tadqiq etish instituti tasdiqlashicha, Vladimir Putin Baxmut yo‘nalishida «Vagner» kuchlariga tayanishni bas qilgan va e’tiborni muntazam armiyani isloh qilishga qaratgan. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, RF armiyasi qo‘mondonligi Baxmut atrofiga safarbar qilinganlardan tuzilgan «yomon qurollangan va yomon o‘qitilgan» bo‘linmalarni yo‘llamoqda.
Bundan tashqari, amerikalik harbiy ekspertlar fikricha, Rossiya qo‘shinlarida yuqori aniqlikdagi raketalar tugamoqda. Bu vaqtda, Ukraina tomoni Baxmut mudofaasidagi muvaffaqiyatlar haqida xabar bergan. Quyida oldingi chiziqdagi vaziyat aks etgan suratlar.

Baxmut osmonida raketalardan qolgan izlar
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainalik harbiylar Baxmut yaqinidagi front chizig‘ida yaralangan quroldoshini evakuatsiya qilmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Soledar yaqinidagi front chizig‘ida harakatlanayotgan ukrainalik jangchilar — yanvar oyining ikkinchi yarmida Rossiya tomoni Baxmutdan taxminan 15 kilometr shimolda joylashgan shahar egallangani haqida xabar bergandi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi hamon bu ma’lumotni tasdiqlamadi. Foto: Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainalik harbiy xizmatchilar rossiyaliklarning oldingi chiziqdagi pozitsiyalarini tankka qarshi granatomyotdan (RPG) o‘qqa tutmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Kupyanskdagi hayot
Kupyansk — Xarkiv oblastidagi shahar bo‘lib, Ukraina sharqidagi strategik ahamiyatga ega transport tuguni hisoblanadi — bu shahar yarim yil davomida Rossiya okkupatsiyasi ostida bo‘lib, sentyabr oyi o‘rtalarida Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga qaytgandi. RF qo‘shinlari shahar va uning atrofidagi qishloqlarni o‘qqa tutishda davom etmoqda.

Dron sinovidan keyin Kupyanskdagi vayron bo‘lgan binolardan birida turgan ukrainalik harbiy
Spencer Platt / Getty Images

Ukrainlar tankidagi jangchi
Spencer Platt / Getty Images

Kupyansk chekkasidagi aholi vakillari
Spencer Platt / Getty Images

Kupyansk ko‘chalaridan birida ketayotgan kishi
Spencer Platt / Getty Images
Kramatorskda gumanitar yordam tarqatilishi
Kramatorsk Donetskdan 110 kilometr shimolda joylashgan va Ukraina qurolli kuchlari nazoratida. 8 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini shaharni o‘qqa tutgandi — Rossiya bayonotiga ko‘ra, bu ish yangi yilga o‘tar kechasi Makiyivkadagi harbiylar joylashgan yotoqxonaga qilingan hujum uchun «qasos operatsiyasi» bo‘lgan. RF armiyasi shundan keyin ham Kramatorskka zarba yo‘llashda davom etdi: so‘nggi zarbalar 23 yanvar kuni berilgan, qurbonlar haqida ma’lum emas. Shaharda og‘ir gumanitar vaziyat yuzaga kelgan, tinch aholi vakillari ko‘ngillilarning yordamiga muhtoj.

Kramatorsk aholisiga «Kovcheg spaseniya» cherkovida gumanitar yordam tarqatilishi
Marek M Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Marek M Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar