
Foto: CNBC
Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina uchun 2,2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda, u birinchi marta uzoq masofali raketalarni o‘z ichiga oladi, deb xabar berdi Reuters agentligi 1 fevral, chorshanba kuni o‘z nomini oshkor etmagan ikki amerikalik rasmiyga tayanib.
Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, gap Boeing va Saab Group kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan GLSDB (Ground Launched Small Diameter Bomb) raketalari haqida ketmoqda. Ularning masofasi - 150 km. GLSDB raketalari HIMARS qurilmalaridan ham uchirilishi mumkin.
Reuters xabariga ko‘ra, AQSH shu haftaning boshida Ukrainaga harbiy yordamning yangi paketini e’lon qilishi mumkin. Raketalardan tashqari, u Patriot havo mudofaa tizimlarini qo‘llab-quvvatlash uskunalarini, aniq boshqariladigan o‘q-dorilarni va Javelin tankka qarshi raketa tizimlarini o‘z ichiga oladi.
Hozirda Ukrainaga HIMARS qurilmalari uchun 80 kmgacha uchish masofasiga ega GMLRS raketalari yetkazib berilmoqda. Kiyev bir necha bor AQSHdan taxminan 300 km masofaga uchadigan ATACMS raketalarini so‘ragan, biroq ularni hali qabul qilmagan, chunki Oq uy Ukraina harbiylari Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishi va bu nazoratsiz keskinlashuvga olib kelishidan xavotirda.
Yanvar oyida The New York Times gazetasi AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainani Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimdagi nishonlarga zarba berish vositalari bilan ta’minlash masalasi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini asta-sekin yumshatib borayotgani haqida xabar bergan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar