Nyu-York marafonida fojia: marraga 3 kilometr qolganda qiz halok bo‘ldi

Nyu-York marafonida fojia: marraga 3 kilometr qolganda qiz halok bo‘ldi

AQSHda o‘tkazilgan Nyu

Marafon yakunida jilmayib turgan va o‘z raqamini ko‘rsatgan yosh ayol.

-York marafoni fojiali hodisa bilan yakunlandi. 24 yoshli Reychel Apa musobaqa davomida, finish chizig‘iga bor-yo‘g‘i uch kilometr qolganida vafot etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Reychel muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanib kelgan va o‘zining ilk marafoniga bir necha oy davomida puxta tayyorgarlik ko‘rgan. U ushbu musobaqani muvaffaqiyatli yakunlashni maqsad qilgan edi.

Biroq marafonning 39-kilometrida, Markaziy bog‘ hududida yugurib ketayotgan qiz to‘satdan hushini yo‘qotgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilganiga qaramay, Reychelning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Eng achinarlisi, fojiadan biroz oldin u otasiga o‘zini yaxshi his qilmayotgani va og‘riq sezayotgani haqida xabar yozgan. Shundan keyin esa qizdan boshqa javob kelmagan.

Qizining qayerda ekanini maxsus ilova orqali kuzatib borayotgan otasi uning harakati to‘xtab qolganini payqagan. Shu tariqa, oila a’zolari uchun quvonchli voqeaga aylanishi kerak bo‘lgan ilk marafon og‘ir yo‘qotish bilan yakunlangan.

Reychelning o‘limi sport musobaqalarida ishtirok etuvchilar salomatligi va tibbiy xavfsizlik masalalariga yana bir bor e’tibor qaratdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar