
Foto: “Yandeks.ru”
Bollivud aktrisasi Priyanka Chopra ilk marta qizalog‘i Malti Marining yuzini ko‘rsatdi.
Priyanka Chopra qizalog‘i bilan Los-Anjelesdagi tadbirda ishtirok etdi. Tadbir davomida aktrisaning turmush o‘rtog‘i Nik Jonas, uning akalari Kevin va Jo Gollivudning Shon-shuhrat xiyobonidagi o‘z yulduzlarini taqdim etdi.

Foto: “Yandeks Dzen”
Malti Marining suratlari bir zumda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Juftlik o‘z sahifalarida shaxsan e’lon qilganidek, 2022 yil 15 yanvar kuni Kaliforniyada mashhur juftlikning qizi surrogat ona yordami bilan dunyoga keldi.

Foto: “Yandeks Dzen”
Chaqaloq muddatidan oldin tug‘ilgani uchun ham juda zaif edi. Homiladorlikning oltinchi oyida tug‘ilgan chaqaloqning ota-onasi barcha vaqtlarini yangi oila a’zosiga bag‘ishlash uchun faoliyatida biroz tanaffus qildi. Priyanka va Nik ba’zan o‘z ijtimoiy tarmoqlariga qizlarining suratlarini joylashtirsa-da, uning yuzini ko‘rsatmas edi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar