date
views 1 155

OAV: Qatar Ashraf G‘aniga 'Tolibon'ga qarshilik ko‘rsatmasligi uchun 110 mln dollar bergan

OAV: Qatar Ashraf G‘aniga 'Tolibon'ga qarshilik ko‘rsatmasligi uchun 110 mln dollar bergan
Foto: Reuters
Italiyaning TG1 telekanali Qatar Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘aniga “Tolibon”ga qarshilik ko‘rsatmasligi uchun 110 million dollardan ortiq pora bergani haqidagi hujjatni e’lon qildi. Bu haqda Khamaa Press xabar berdi.

Italiya kanali Afg‘oniston Markaziy bankining o‘sha paytdagi rahbari Ajmal Ahmadi imzolagan pul kvitansiyasini namoyish qildi.

“Men, 'Da Afg‘oniston' banki bosh direktori Ajmal Ahmadiy va Ashraf G‘anining maxsus vakili Kobulda janob Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy bilan uchrashuvda undan matoga yozilgan 110 478 000 AQSH dollarida chek oldim”, — deyiladi hujjatda.

Foto: Tg1
Xabarda aytilishicha, Qatarning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili al-Qahtoniy o‘sha kuni Kobulda bo‘lgan va prezidentlik saroyida Ashraf G‘ani bilan uchrashgan. Porani olishdan maqsad “Tolibon” harakatiga qarshilik ko‘rsatmaslikdir. Oshkora qilingan hujjatda bu pulni Ashraf G‘aniga to‘lash sababi ochiqlanmagan, ammo bu pulni olgandan bir oy o‘tib, “Tolibon” Kobulga yaqinlashgach, Ashraf G‘ani mamlakatni tark etgan.

Ushbu tergov hisobotini tayyorlagan Italiya telekanali muxbiri Filippo Rossining aytishicha, u bu reportajni manbalar bilan suhbatlashib, hujjatlarni ko‘rib chiqish asosida tayyorlagan. U afg‘on xavfsizlik kuchlariga Kobuldan toliblarga qarshilik ko‘rsatmaslik va chekinish buyurilganini aytdi.

Mazkur xabar OAVda e’lon qilinganidan so‘ng, may oyida G‘anining tinchlik bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Umar Dovudzi tomonidan Qatarning o‘sha paytdagi elchisidan 1 million 300 ming dollar bilan birga maxfiy nota olingani haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan yana bir maktub e’lon qilindi.

Afg‘oniston sobiq hukumati qulaganidan so‘ng G‘ani hukumatidagi yuqori martabali harbiy amaldorlar ularga “Tolibon”ga qarshi jang qilmaslik to‘g‘risida buyruq berilgani haqida aytgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Qatar Ashraf G‘aniga 'Tolibon'ga qarshilik ko‘rsatmasligi uchun 110 mln dollar bergan