09:14 / 28.02.2023
1 410

Turkmaniston prezidenti o‘g‘lining to‘yi bo‘ldi. Marosim sababli ko‘chalar yopildi

Turkmaniston prezidenti o‘g‘lining to‘yi bo‘ldi. Marosim sababli ko‘chalar yopildi

Foto: Turkmenportal

Turkmaniston poytaxtidagi “Arqadag‘” mehmonxonasida 26-fevral kuni mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhamedovning o‘g‘li Kerimg‘uli Berdimuhamedovning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xronika Turkmanistana” muxbirlari xabar berdi.


Marosim sababli Turkmanboshi, Garashsizlik, Bitaraplik va Archabil ko‘chalari to‘sib qo‘yilgan. Politsiya xodimlari shaharda, shuningdek, Cho‘g‘anliga olib boruvchi katta yo‘l bo‘ylab navbatchilik qilgan. Turkman urf-odatlariga ko‘ra, Kerimg'ulining ota-onasi va buvisi Og‘ulgerek Berdimuhamedova qizga sovchilikka borgan. Kelinga ro‘mol o‘rab, taqinchoqlar berishgan. Sovchilar Xerrikgala qishlog‘iga kelguniga qadar kelinning qo‘shnilaridan kechgacha uylarini tark etish so‘ralgan.

Ashxoboddagi “Arqadag‘” mehmonxonasi
Foto: Turkmenportal

26-fevral kuni kelinni Cho‘g‘onlidan olib kelishgan, u yerda qizning oilasiga yangi kottej berilgan. Voqea guvohlari kortej 10 ta mashinadan iboratligini sanagan. Kerimg‘uli Berdimuhamedov otasi va bobosi bilan davlat televideniyesi xabarlarida tez-tez namoyish etiladi. U bobosi, Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan birga she’r va musiqa yozishi bilan mashhur. Bundan tashqari, ular tez-tez sport bilan shug‘ullanadi va birgalikda dam oladi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo