Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on respublikada 6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzilalar natijasida 46 104 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
«Zilzilalar natijasida 46 104 nafar fuqaroyimizni yo‘qotdik. 6 fevraldagi birinchi zilziladan boshlab biz – hukumat, barcha idoralar zudlik bilan safarbar qilindi», – deydi Erdo‘g‘on.
Shuningdek, Turkiya prezidenti uch milliondan ortiq odam falokat zonasidan boshqa hududlarga olib ketilganini qayd etgan. Aholining bir qismi qishloqlarga joylashtirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila natijasida tabiiy ofat sodir bo‘lgan hududlardagi 230 mingta bino foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan.
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, jabrlangan hudud aholisi uchun turar-joy binolari bir yil ichida qayta quriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)