NASA qurilmalari Quyoshdan ajralib chiqqan plazmani kameralariga muhrladi. Bu haqda Live Science xabar berdi.
Olimlar Quyoshning faolligi ortib borayotgani va bu jarayon 2025 yilning yozida eng yuqori cho‘qqiga chiqishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng faollik pasaya boshlaydi. Quyoshdan ajralib chiqqan plazma esa Yerga xavf solmasligi, u Merkuriy tomonga harakatlangani ma’lum qilindi. Quyoshdagi faollik sababli, deyarli har kuni kosmik apparatlar chaqnashlarni qayd etadi, bu esa plazmaning ajralib chiqishi bilan birga kechishi mumkin.
10 mart kuni plazmaning yana bir katta ajralib chiqishi qayd etilgan. NASA kosmik apparati Quyoshning narigi tomonida sodir bo‘lgan ushbu hodisani suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu otilish g‘ayrioddiy bo‘lgan, chunki u plazma “qanotlarini yoyayotgan kapalak” shaklida ko‘ringan. Plazmaning aksariyati halqaga o‘xshaydi, ammo nima uchun bu safar boshqacha ko‘ringanini olimlar bilmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)