Foto: PSB
Braziliya prezidenti Lula da Silva Ukraina urushni tugatishi uchun Qrim yarim orolini Rossiyaga berishi kerakligini aytdi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi.
Da Silvaning tegishli nutqi jurnalistlar bilan uchrashuvda e’lon qilingan. Braziliya yetakchisiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning armiyasi Ukraina hududini egallab ololmaydi.
“Ehtimol, Qrimni muhokama qilamiz. Ammo Rossiya bosqin haqida o‘ylashi kerak. Zelenskiy ham hamma narsani xohalamaydi. Dunyoga tinchlik kerak. Yechim topishimiz kerak”, — dedi u.
Braziliya prezidenti loyihani kelasi hafta Pekinda xitoylik hamkasbi Si Szinpinga taqdim etadi. Da Silva bu loyihaning muvaffaqiyatliligiga “ishonchi komil”.
Eslatib o‘tamiz, Kiyev Rossiya qo‘shinlarini o‘zining barcha hududidan, jumladan, 2014 yilda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimdan olib chiqmasdan turib, Moskva bilan muzokaralar olib borishdan bosh tortmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar