20:25 / 18.04.2023
555

Qozog‘istonning sobiq prezidenti rafiqasi Nazarboyeva familiyasidan voz kechdi

Qozog‘istonning sobiq prezidenti rafiqasi Nazarboyeva familiyasidan voz kechdi
Foto: Arbat.media
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning rafiqasi Sora Nazarboyeva uning familiyasidan voz kechdi, deb yozmoqda Kun.uz Arbat Mediaga tayangan holda.
 
Nursulton Nazarboyev va Sora Nazarboyevaning ajrashgani haqida rasmiy xabar berilmadi, Nursulton Nazarboyev jamg‘armasi va birinchi prezident rasmiy saytida Sora Alpisovna hanuzgacha uning rafiqasi ekani haqida ma’lumot bor.
 
Biznes reyestrlarga ko‘ra, mamlakatning sobiq birinchi xonimi «Nazarbayeva Sara Alpisovna» nomi bilan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ammo uning rahbari Sora Alpisqizi Qonaqay sanaladi, bu uning 1962 yilda Nursulton Nazarboyev bilan turmush qurishdan oldingi qizlik familiyasi.
 
Qayd etilishicha, Nazarboyevning rafiqasi 2005-2012 yillar oralig‘ida familiyasini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Chunki «Dochernyaya kompaniya Narodnogo Banka Kazaxstana po straxovaniyu jizni «Xalik-Life» AJ affillangan shaxslari ro‘yxatiga 2012 yil 4 fevraldan kiritilgan.
 
82 yoshli Sora Alpisovnaning Nursulton Nazarboyevdan uch farzandi bor: 59 yoshli Darig‘a Nazarboyeva, 43 yoshli Aliya Nazarboyeva va 55 yoshli Dinara Qulibayeva.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo