Ukrainada urushning 438-kuni: Baxmut atrofidagi janglar va Xarkivdagi vayrongarchiliklar (foto)
Ukrainada urushning 438-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
Anneksiya qilingan Sevastopol gubernator Mixaylo Razvojayev tunda Qrimga 10 ta dron bilan hujum uyushtirilgani haqida ma’lum qildi. Keyinroq mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shini Qora dengiz akvatoriyasida ukrainlarning 22 ta uchuvchisiz uchar qurilmasi urib tushirilgani haqida xabar berdi. Hujum vaqtida jabrlanganlar yo‘q. Ukraina bu hujum yuzasidan izoh bermagan.
FXX Ivanovskaya oblastidagi harbiy aerodromga dronlar hujumining oldi olingani, Tula oblastida Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedkasi boshqarmasi tomonidan yollangan diversiya guruhi a’zolari qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Ukraina bu ma’lumotni izohlamagan.
Yevgeniy Prigojin RF mudofaa vazirligi «Vagner» XHKga Baxmutda harbiy harakatlarni davom ettirish uchun o‘q-dori berishni va’da qilganini aytdi. Bu Prigojin uning jangchilari 10 may kuni Baxmutni tark etishi, chunki «o‘q-dorilarsiz ular o‘limga mahkum ekani»ni aytishi ortidan ro‘y berdi. Sergey Shoygu 5 may kuni mudofaa vazirligiga «maxsus harbiy amaliyot» hududida qurol yetkazib berish masalalarini «alohida nazoratda ushlash» bo‘yicha topshiriq bergan. «Vagner» XHK harbiy harakatlar hududida qolish-qolmasligi oxirigacha ayon emas.
Kun kadri. Xarkiv oblastidagi vayron bo‘lgan ko‘prik
Eski Saltov posyolkasi aholisi 2022 yil bahorida Xarkiv oblastidagi janglar chog‘ida vayron bo‘lgan ko‘prik orqali Shimoliy Donni kechib o‘tmoqda. Eski Saltov Rossiya chegarasidan taxminan 20 kilometr masofada joylashgan, RF qo‘shini bu yerni 2022 yil martida egallab olgan. Posyolka ikki oy o‘tib Ukraina QK nazoratiga qaytariladi Vincenzo Circosta / ZUMA Wire / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi janglar
Chasiv Yarda yashovchi ayol otishmalar vaqtida yonib ketgan uyi oldida. Chasiv Yar Baxmutdan 13 kilometr g‘arbda joylashgan, Ukraina qurolli kuchlarining asosiy ta’minot yo‘li shu shahar orqali o‘tadi. RF mudofaa vazirligi 5 may kuni Rossiya qo‘shini Chasiv Yardagi ko‘prikni yakson qilgani haqida xabarberdi, ma’lum qilinishicha, ukrain harbiylari bu ko‘prikdan Baxmutga «o‘q-dorilar va zaxira kuchlar olib kelish»da foydalanishga uringan. Ukraina tomoni bu ma’lumotga izoh bermadi, ammo RF armiyasi Chasiv Yarga hujum boshlagani va Baxmutni fosforli va yonuvchan o‘q-dorilar bilan o‘qqa tutayotganini ma’lum qildi. Bunday vositalardan aholi yashash manzillari yaqinida foydalanish taqiqlangan - chunki uning oqibatida kelib chiqadigan yong‘inni o‘chirish amalda imkonsiz. Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETAChasiv Yarda yonayotgan bino fonidagi siren Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA«Adam» taktik guruhi jangchilari Baxmut atrofidagi front chizig‘ida T-64 tankida. Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyga ko‘ra, Rossiya qo‘shini «og‘ir qurolardan o‘qqa tutish intensivligini oshirgan, nisbatan ilg‘or texnikalardan foydalana boshlagan va qo‘shinni qaytadan guruhlamoqda». Sirskiyning hisoblashicha, Rossiya hamon Baxmutni 9 mayga qadar qo‘lga kiritishdan umid qilmoqda. «Bizning vazifamiz — bunga yo‘l qo‘ymaslik», — deya qayd etgan u. Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETABaxmut atrofidagi o‘rmonzorda turgan ukrain harbiylari Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi qishloqda insonparvarlik yordami tarqatish markazi
Orixiv shahri aholisi ko‘ngillilar markazida, bu yerda ular isinishi, texnikalarini quvvatlashi va insonparvarlik yordami olishi mumkin. Rossiya qo‘shini muntazam ravishda Orixiv va uning atrofidagi hududlarga zarba beradi — xususan, 1 may kuni Zaporijjya oblasti harbiy ma’muriyati region 56 bor o‘qqa tutilganini qayd etdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, uylarning 80 foiziga yaqini vayron qilingan yoki shikastlangan. May oyi boshida Orixiv meriyasi shahardagi barcha bolalarni olib ketishga muvaffaq bo‘linganini ma’lum qildi. Hozirda bu yerda 1,4 ming kishi qolgan (Urushga qadar Orixivda 14 mingdan ortiq kishi yashagan) Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETAOrixiv aholisi vakillari insonparvarlik yordami markazida tushlik qilishmoqda Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETAOrixivda yashovchi kishi telefonini quvvatlamoqda Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA