450
Si Jinping Xitoy milliy xavfsizlik rahbarlarini «eng yomon ssenariy»ga tayyorlanishga chaqirdi
Foto: Ludovic Marin/AFP/Getty Images
Xitoy yetakchisi Si Jinping yuqori lavozimli milliy xavfsizlik amaldorlarini «eng yomon vaziyat ssenariylari» haqida o‘ylashga va «bo‘ronli dengiz»ga tayyorlanishga chaqirdi.
CNN xabariga ko‘ra, bu bayonot Xitoy rasmiylari har qanday ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurashni kuchaytirayotgan bir paytda yangragan.
«Hozir biz duch kelayotgan milliy xavfsizlik muammolarining murakkabligi va qiyinchiliklari sezilarli darajada oshdi. Biz eng yomon ssenariyga, kuchli shamol va to‘lqinlar, bo‘ronli dengizlar sinoviga tayyor bo‘lishimiz kerak», dedi Si partiya milliy xavfsizlik komissiyasi yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «qiyin va jiddiy» vaziyatda Xitoy milliy xavfsizlik kuchlari va vositalarini modernizatsiya qilishni tezlashtirishi, ularning «haqiqiy jangovar» vaziyatda amaliy samaradorligini oshirishga e’tibor qaratishi kerak.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Si o‘n yil oldin hokimiyat tepasiga kelganidan beri, milliy xavfsizlikni Xitoy boshqaruvining barcha jabhalariga singib ketgan asosiy paradigmaga aylantirgan.
Xitoy rahbari siyosat, iqtisod, mudofaa, madaniyat va ekologiyadan tortib, kibermakongacha bo‘lgan barcha sohalarni qamrab olgan milliy xavfsizlik konsepsiyasini kengaytirdi. Konsepsiya dengiz tubidan va qutb mintaqalaridan tortib koinotgacha, shuningdek, katta ma’lumotlar bazasi va sun’iy intellektni qamrab oladi, deb yozdi CNN.
Avvalroq, AQSH Havo mobillik qo‘mondonligi rahbari, general Mayk Minigan Qo‘shma Shtatlar va Xitoy 2025 yilda Tayvan uchun urush boshlashi mumkinligini taxmin qilgan edi.
Shuningdek, AQSH harbiy-dengiz operatsiyalari qo‘mondoni admiral Maykl Gildey yaqin yillarda Xitoy va Tayvan o‘rtasida mojaro boshlanishi mumkinligini bashorat qilgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Lionel Messi o‘z prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi
Xitoy mamlakatlarni jungli qonunidan voz kechishga chaqirdi
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi