23:46 / 01.06.2023
192

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on deklaratsiyada 259 ming dollar qarzi borligini ko‘rsatdi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on deklaratsiyada 259 ming dollar qarzi borligini ko‘rsatdi

Turkiyaning qayta saylangan prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 5 million 390 ming turk lirasi (259 ming dollar) qarzi bor, bu haqda hukumat gazetasi Resmi Gazete'da e’lon qilingan deklaratsiyada ma’lum qilingan.

Deklaratsiyaga ko‘ra, hozirda Turkiya rahbarining hisob raqamlarida 1,8 million liradan (86 ming dollardan) ortiq mablag‘ bor.

5 million liraning kreditori sifatida Mustafo Erdo‘g‘on degan shaxs ko‘rsatilgan. Hujjatda uning kimligi aniqlanmagan. Turkiyaning Diken nashri Mustafo Erdo‘g‘on Turkiya prezidentining ukasi ekanligini ma’lum qildi.

Deklaratsiyaga ko‘ra, Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning oilasi Istanbulning Osiyo qismidagi Uskudar tumanida 7 million 695 ming turk lirasi (382,9 ming dollar) qiymatidagi uyi va Qora dengiz bo‘yida joylashgan Rize viloyatidagi Dumankaya qishlog‘ida 2 ming kvadrat metr yer uchastkasiga ega. Bu yer uchastkasi 10 ming liraga (480 dollar) baholanmoqda.

Deklaratsiyaga ko‘ra, Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning shaxsiy avtomobili yo‘q. Turkiyaning uchta bankidagi hisoblari faqat lirada saqlanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rajab Toyyib Erdo‘g‘on deklaratsiyada 259 ming dollar qarzi borligini ko‘rsatdi
ePN