16:43 / 05.06.2023
383

Qodirov Belgorodda “terrorchilarga qarshi kurashish uchun” chechen kuchlarini yuborishni taklif qildi

Qodirov Belgorodda “terrorchilarga qarshi kurashish uchun” chechen kuchlarini yuborishni taklif qildi
Foto: VK
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Belgorod viloyatiga “terrorchilikka qarshi kurashda tajribaga ega” chechen bo‘linmalarini yuborish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda u Telegram kanalida yozdi.
 
Rossiya hududidagi banditlar guruhini tinch aholi va infratuzilmaga zarar yetkazuvchi oqibatlarsiz yo‘q qilish uchun maxsus bilim va tayyorgarlik zarur. Bu yerda nafaqat harbiy malaka, balki terrorizmga qarshi kurash tajribasi ham kerak. Bunday tayyorgarlik respublikani banditlardan tozalab, tajriba orttirgan chechen jangchilarida bor”, — dedi Checheniston rahbari.
 
Uning tushuntirishicha, bunday bo‘linmalar tarkibiga Milliy gvardiya, militsiyaning polk va batalonlari, xususan, Ahmad Qodirov nomidagi maxsus polk harbiylari kiradi. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, kuch va harbiy tuzilmalarning batalon va polklaridagi chechen jangchilarining umumiy soni 70 ming kishidan oshadi.
 
Barcha bo‘linmalar Rossiya maxsus kuchlari universitetida o‘qitilgan. Eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan, ular bilan ishlashga o‘rgatilgan, muammosiz qurollar bilan ta’minlangan hamda davlatimiz va fuqarolarimizni himoya qilish maqsadida Oliy qo‘mondonning har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyor. Bu yaxshi qaror bo‘lardi. Biz tayyormiz va buyruqni kutyapmiz”, — deya so‘zini yakunlagan Qodirov.
 
Checheniston rahbarining bayonoti Belgorod viloyati hududiga muntazam hujumlar fonida berildi. Xususan, 22 may kuni Belgorod viloyati hokimiyati “Ukraina Qurolli kuchlarining diversant-razvedka guruhi” Grayvoron shahar okrugi qishloqlariga kirganini e’lon qildi. Glotovo, Kozinka va Gora-Podil aholi punktlarida janglar kechgani xabar qilindi.
 
Ertasi kuni Rossiya Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar ukrainalik “diversantlarni mag‘lub etgani” haqida xabar berdi. Voqea uchun javobgarlikni Ukraina tomonida jang qilayotgan “Rossiya ozodligi” legioni va “Rossiya ko‘ngillilar korpusi” o‘z zimmasiga oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qodirov Belgorodda “terrorchilarga qarshi kurashish uchun” chechen kuchlarini yuborishni taklif qildi
ePN