17:33 / 05.06.2023
414

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishi uyushtirishda gumonlanganlar qo‘lga olindi (video)

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishi uyushtirishda gumonlanganlar qo‘lga olindi (video)
Bishkekda hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan gumonlanuvchilarni ommaviy hibsga olish davom etmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
 
Avvalroq respublika Bosh prokurori “Butun Qirg‘iziston” muxolifat fraksiyasi rahbari Adaxan Madumarovni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berish haqidagi so‘rovni parlamentga kiritgan edi. Madumarov tartibsizliklar va hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinmoqda.
 
Shu kuni spiker tashabbusi bilan deputatlik komissiyasi tuzildi.
 
Bosh prokuror Madumarovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun birinchi marta rozilik so‘rayotgani yo‘q. 2022 yil mart oyida Jogorku Kenesh bunday so‘rovni bir ovozdan rad etgandi.
 
Maxsus xizmatlarning qo‘shimcha tafsilotlari keyinroq taqdim etiladi.
 
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishlar
2021 yilning noyabr oyida Qirg‘izistonda hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanib, 15 dan ortiq kishi — deputatlar va sobiq amaldorlar hibsga olingan edi. 
 
Undan avval respublikada 2020 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlardan so‘ng ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Qonunchilik majlisiga saylovda qatnashgan 16 ta partiyaning atigi to‘rttasi o‘tgan, namoyishchilar natijalardan norozi bo‘lib, qaytadan saylov o‘tkazishni talab qilgan. Oqibatda Qirg‘izistonning o‘sha paytdagi prezidenti So‘ronboy Jeenbekov iste’foga chiqgan, ovoz berish natijalari esa bekor qilingan.
 
O‘sha yilning yanvarida bo‘lib o‘tgan muddatidan avvalgi prezident saylovlarida Jeenbekov ketganidan keyin hukumat tepasiga kelgan Sadir Japarov g‘olib bo‘ldi, u ovozlarning qariyb 80 foizini to‘pladi. 

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishi uyushtirishda gumonlanganlar qo‘lga olindi (video)
ePN