17:57 / 07.06.2023
459

Rossiyadagi qurilishda migrantlar ommaviy mushtlashdi: 360 kishi qo‘lga olindi (video)

Rossiyadagi qurilishda migrantlar ommaviy mushtlashdi: 360 kishi qo‘lga olindi (video)
Foto: Videodan kadr
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri “Laxta-Sentr” qurilish maydonida tojikistonlik va qirg‘izistonlik migrantlar ommaviy mushtlashdi. Bu haqda Asia-plus'ga tayanib Daryo xabar berdi.
 
Mushtlashuv 3 iyun kuni kechqurun Laxta markazi hududidagi oshxonada boshlanib, keyin ko‘chada davom etgan. Hodisa aks etgan videoda muhojirlar mushtlashuv paytida armatura bo‘laklari, tosh va qurilish asboblaridan ham foydalanganini ko‘rish mumkin.
 
Oqibatda bir nafar Qirg‘iziston fuqarosi kasalxonaga olib ketildi. Profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazilgandan so‘ng, janjalning taxminiy tashkilotchisi bo‘lgan to‘rt nafar shaxs aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
“Izvestiya” nashriga ko‘ra, mojaroga bepul oziq-ovqat sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu hududda noqonuniy oziq-ovqat savdosi tashkil etilgan, shuning uchun politsiya yetib kelib, uning faoliyatini to‘xtatgan. Shundan keyin ishchilar oziq-ovqatni tekinga olib ketishga harakat qilgan.
 
Qurilish ishchilarining so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat egasi bo‘lmagan, shuning uchun ham u bepul. Shu sababli, ko‘p sonli ishchilar bu yerda bepul ovqatlanish umidida to‘planadi va shu asosda nizolar, ba’zida janjal kelib chiqadi”, — deyiladi xabarda.
 
Buyurtmachi va investori “Gazpromneft Sharqiy Yevropa loyihalari” bo‘lgan Laxta markazi qurilish maydonlarida minglab odamlar, jumladan, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari mehnat qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi qurilishda migrantlar ommaviy mushtlashdi: 360 kishi qo‘lga olindi (video)
ePN