Ukraina so‘nggi 48 soat ichida mamlakatning sharqiy va janubiy tumanlarida sezilarli ta’sirga ega amaliyotlarni o‘tkazdi. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vazirligining kunlik hisobotida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, Ukraina qo‘shini ayrim hududlarda Rossiya mudofaasini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Yana ayrim uchastkalarda qarshi hujum ancha sekin kechmoqda.
Ingliz razvedkasi Rossiya qo‘shini bo‘linmalari turli holatda ekaniga ham e’tibor qaratgan: ayrim bo‘linmalar muvaffaqiyatli tarzda mudofaa amaliyoti olib bormoqda, ayrimlari esa ortga chekingan. Chekinish payti rus harbiylari o‘zlari qo‘ygan minalarda portlagani ham xabar qilingan.
Ukraina qarshi hujum boshlanganini rasman e’lon qilganicha yo‘q. Moskva esa allaqachon bu haqda bayonot bergan. Xususan, prezident Vladimir Putin Ukrainaning qarshi hujumi boshlangani va bunga strategik zaxiralardan foydalanish dalil ekanini aytgan.
AQSHdagi Urushni o‘rganish instituti (ISW) ham Ukraina qo‘shini uchta frontda – Baxmut, g‘arbiy Donetsk va janubiy Zaporoje yo‘nalishlarida qarshi hujumga o‘tgani haqida xabar bergan.
Xalqaro maydonda Ukrainaning qarshi hujumi borasidagi siyosiy taranglik ortmoqda. Politico nashriga ko‘ra, AQSHning Ukrainaga istiqbolda harbiy ko‘makni davom ettirishi qarshi hujumdagi g‘alabaga bog‘liqdir. Agar qarshi hujum muvaffaqiyatsizlikka yuz tutsa, Vashingtonning harbiy, iqtisodiy ko‘magi to‘xtatilishi mumkin. Negaki, harbiy muvaffaqiyatsizliklar ortidan prezident Jo Baydenning muxoliflari – respublikachilar partiyasi Ukrainaga ko‘makka doir tashabbuslarni bloklashi tayin.
Qarshi hujumning muvaffaqiyatli kechishi esa harbiy ko‘makning oshishi omili sanaladi.
Ayni paytda rasmiy Kiyev qarshi hujum Ukraina uchun NATOga kirish imkoniyatini berishiga umid qilmoqda.
Rossiya va Ukraina urushi
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Xitoy qit’alararo ballistik raketani ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi
Diyetolog qanday qilib non iste’mol qilmasdan qisqa vaqtda ozish mumkinligini aytdi
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi
Tramp: Rossiya Gitler va Napoleonni mag‘lub etgan, Moskva mag‘lubiyatini kutishning hojati yo‘q
Dunyodagi eng baxtli shaharlar reytingi e’lon qilindi