00:30 / 14.06.2023
1 091

Nemis professori ro‘molli talabani haqoratladi

Nemis professori ro‘molli talabani haqoratladi
G‘arbda azaldan Islom nisbatan fobiya, nafrat bor. Bu nafrat ko‘cha-ko‘yda, o‘zaro maishiy munosabatlarda uchrashi odatiy hol bo‘lsa-da, ba’zan o‘zini ziyoli hisoblaydigan akademik doiralarda ham bo‘y ko‘rsatib turadi.
 
Germaniyaning Sankt-Avgustin shahridagi Bonn-Reyn-Zig Amaliy fanlar universiteti Biznes boshqaruvi fakulteti talabasi, kelib chiqishi turkiyalik 23 yoshli Gulshen Kurt xunuk haqoratga uchradi. Gap shundaki, dars paytida professor o‘qituvchi: “Agar orangizda svastika taqqan neonatsistlar bo‘lsa, ularning bu yerda o‘tirishiga izn bermayman, ro‘mol o‘raganlarni ham shu gap!” degan. Keyin Gulshanga qarab: “Sen Islom fashistisan! Ustingdan rahbariyatga shikoyat qilaman!” deb baqirgan. Ustiga-ustak haqoratlarini WhatsApp tarmog‘i orqali davom ettirgan. O‘z o‘rnida talaba qiz o‘qituvchining ustidan mahkamaga arz qilishini bildirgan.
 
“Sen musulmon fashistsan!”
 
Professorning darsiga haftada ikki kun fakultativ kurs sifatida qatnashgan Gulshan Kurt hikoya qiladi: “Darsga yarim soat kechikib kelgan o‘qituvchimiz menga qarab: “Kurt xonim, kiyinishda oshirib yuboribsiz. Bunaqada ertaga niqobda kelar ekansiz-da!” dedi. Unga: “Hozir hech nima deya olmayman, lekin buni o‘ylab ko‘raman”, deb javob berdim. O‘qituvchining jahli chiqib ketdi. Musulmonlarni fashistga tenglab, haqoratladi. Ro‘mol bilan darsda qatnashishimga ruxsat bermasligini aytib, baqirdi. Bir kursdoshim o‘rnidan turib, o‘qituvchiga irqchilik qilyapsiz, dedi. Professor g‘azablanib, ikkimizdan auditoriyani bo‘shatib qo‘yishimizni talab qildi. Shunda xonadan bizga qo‘shilib boshqalar ham chiqdi, 3-4 kishigina qoldi”.
 
Talabaning advokati universitet o‘qituvchisining bu xatti-harakatini hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini aytdi, professorning o‘z konstitutsiyasini yaxshi bilmasligini ta’kidladi. Germaniyada Bosh qomusining 4-moddasiga ko‘ra, din erkinligi kafolatlangani, demakki, ayol-qizlar ro‘mol o‘ragan holda darsga kelishi mumkinligini bildirdi.
 
Universitet ma’muriyati bu ishdan qat’iy noroziligini va professorning fikrlariga umuman qo‘shilmasligini ma’lum qilib,  talabadan uzr so‘radi.
 
Demokratik davlatda, universitet professori tomonidan dini uchun haqoratga uchragan talaba qiz mahkamaga arz qilishini bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nemis professori ro‘molli talabani haqoratladi
ePN