11:40 / 16.06.2023
225

«Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston» yangi transport koridori ochilishi mumkin

«Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston» yangi transport koridori ochilishi mumkin
Foto: Getty Images
Belarus transport va kommunikatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksey Lyaxnovich boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif kun tartibiga muvofiq Transport vazirligida xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha O‘zbekiston – Belarus qo‘shma komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
 
Qo‘shma komissiya majlisida tomonlar transport logistika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdi. Xususan, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari jarayonida milliy tashuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, xorijiy ruxsatnoma blankalarini o‘zaro almashish kvotasini ko‘paytirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.
 
Shuningdek, tomonlar «Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston» yangi multimodal transport koridorini shakllantirish (yaratish) bilan bog‘liq masalalarni muhokama etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston» yangi transport koridori ochilishi mumkin
ePN