
Rossiya qo‘shinlari mustahkam mudofaani qurib, Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) bir joydan boshqa siljishini oldin bilib olyapti. Bu haqda Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandir Sirskiy “Guardian” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Dushman siljishimizning eng xavfli yo‘nalishlarini oldindan bildi va bilib olishda davom etyapti va uni bartaraf etish g‘oyat qiyin bo‘lgan mustahkam mudofaani qurmoqda”, - dedi Sirskiy. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Ukrainalik generalning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari tashabbusni o‘z qo‘llariga olishga harakat qilishmoqda, ularga yetarlicha baho bermaslik mumkin emas. Sirskiy frontning oldingi chizig‘ida Ukraina armiyasi uchun qiyin vaziyat yuzaga kelganini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4 iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Shuningdek, hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda deya ma’lum qilgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik zaxiralarni jalb qilishga qaramay, Ukraina harbiylari muvaffaqiyatsiz qarshi hujum qilishga urinayotganini qayd etgan.
Rossiya Qo‘shinlariUkraina Qurolli KuchlarMudofaa VazirligiDushman SiljishiHarbiy TashabbusQiyin Vaziyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar