Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston elchisi Muhsin Abdurahmonov boshchiligida diplomatik missiya delegatsiyasi Yaponiyaning Kagava prefekturasiga ishchi tashrifi doirasida prefektura gubernatori Toyoxito Ikeda bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hududlararo munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Yaponiya hududlari o‘rtasida ko‘plab samarali hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani, Toshkent-Nagoya, Samarkand-Nara, Rishton-Maydzuru shaharlari o‘rtadagi birodarlik aloqalari qayd etildi.
O‘zbekiston vakillari Kagava prefekturasi va Sirdaryo viloyati o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirishdi.
Prefektura gubernatori Toyoxito Ikeda O‘zbekiston, xususan Sirdaryo viloyati bilan hududlararo aloqalar o‘rnatishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Gubernator hozirgi kunda Kagava prefekturasi sanoati uchun injener mutaxassislari yetishmayotganini ta’kidlab, O‘zbekistondan ishchi kuchini yollashga qiziqishi borligini ma’lum qildi.
Uchrashuvda universitetlar va maktab ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Kagava prefekturasidagi ta’lim muassasalarida o‘zbekistonlik o‘quvchi va talabalar uchun qisqa muddatli kurslarni tashkil qilish, Yaponiya yuqori maktabi o‘quvchilarining xorijiy ilmiy safarlarini O‘zbekistonda o‘tkazish kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tashrif doirasida elchixona vakillari Yaponiyaning OISCA tashkilotining Shikoku bo‘linmasi qoshidagi o‘quv markazida bo‘lib, markaz direktori Ishimi Yasuo, OISCA ijrochi direktori Ishii Yoshio hamda amaliyotchilar bilan uchrashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
Stoltenberg: “Rossiya NATOni qo‘rqitishga harakat qilmoqda”
Zelenskiyning AQSHga tashrifi: Tramp «Ukraina endi yo‘qligi»ni aytdi
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
Lukashenko NATO davlatlariga yadroviy zarba berishga tayyorligini ma’lum qildi
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Yaqin Sharq katta urush ostonasidami?
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”