06:00 / 10.07.2023
309

Irlandiyadagi qurilish maydonida ommaviy qabr topildi (foto)

skelet
Foto: PA

Mehmonxona qurish rejalashtirilgan Dublin markazida o‘rta asrlarga oid ommaviy qabr va abbatlik (katolik monastiri) xarobalari topildi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.

Bir vaqtlar Avliyo Meri abbatligi joylashgan Kapel ko‘chasida taxminan ming yil avval ko‘milgan 100 ga yaqin skelet qoldiqlari aniqlangan. Qabrlarning radiokarbonli tahliliga ko‘ra, ulardan birining yoshi Avliyo Meri cherkovidan yuz yil katta.

Kamida ikkita qabr XI asr boshlariga to‘g‘ri keladi.

Foto: PA

Shuningdek hududdan 1700-yillarda qirol Vilgelm Oranskiy taxtga o‘tirganidan so‘ng ko‘chmanchilar qurgan Dutch Billies deb nomlanuvchi uyning qismlari ham topilgan. 

Skelet qoldiqlari qazish, tozalash va keyingi tahlilga jo‘natish arafasida. Keyin ular Milliy yodgorliklar xizmatiga topshiriladi.

Foto: PA

Courtney Derry Heritage Consultancy kompaniyasining qazish ishlari bo‘yicha direktori Edmond O’Donovan topilmalarning ahamiyati haqida gapirdi.

“Bir vaqtlar Avliyo Meri abbatligi o‘rta asrlarda Irlandiyadagi eng katta va eng boy majmua bo‘lgan”, — deydi u.

ommaviy qabr
Foto: PA

U 1540-yildan keyin, Genrix VIII tomonidan monastir tarqatib yuborilgach vayron qilingan va keyinchalik u yerda XVII asrda presviterian ibodatxonasi joylashgan. O’Donovanning so‘zlariga ko‘ra, qiziqarli topilmalardan biri qadimiy qabrlar hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Irlandiyadagi qurilish maydonida ommaviy qabr topildi (foto)
ePN