16:51 / 10.07.2023
435

Rossiya senatori Turkiyani «nodo‘stona davlat» deb atadi

Rossiya senatori Turkiyani «nodo‘stona davlat» deb atadi

Senator Viktor Bondarev. Foto: senatinform.ru
Rossiya Federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Viktor Bondarev Turkiyaning «neytral davlatdan nodo‘stona davlatga aylanayotgani»ni ta’kidlagan.

Senatorning fikricha, Anqaraning Turkiyada hududida bo‘lib turgan «Azov» polki komandirlarining erishilgan kelishuvlarga zid tarzda Ukrainaga topshirilishi shundan dalolat beradi, deb yozadi «Noviy vzglyad» nashri.

«Turkiya Ukrainaning NATOga tezlashtirilgan tartibda qabul qilishini ham yoqladi, Ukrainada zarbdor pilotsiz uchar qurilmalar zavodi qurilishi bo‘yicha ham kelishuvlarga erishdi», — degan u o‘z so‘zi tasdig‘i sifatida.

Bondarevning qayd etishicha, Turkiya hukumati Rossiyaga nisbatan bu nodo‘stona harakatni NATO bosimi ostida, shuningdek g‘alla bitimi amalda tugatilayotgani sababli amalga oshirgan.

2022 yilning 1 sentyabrida Rossiyada o‘tkazilgan Butunrossiya ijtimoiy fikrni o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, Turkiya 17 foiz ovoz bilan Xitoy, Belarus, Hindiston va Qozog‘iston bilan birga Rossiyaga eng do‘stona munosabatdagi davlatlar beshligidan o‘rin olgan edi.

Turkiya 2016 yilgi so‘rovlarda ham Ukraina va AQSHdan so‘ng Rossiyada eng nodo‘stona davlatlar uchligiga kirgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya senatori Turkiyani «nodo‘stona davlat» deb atadi
ePN